🔎 Moliyaviy firibgarlik psixologik manipulyatsiyaga asoslanib, “ijtimoiy muhandislik” deb ataladi. Psixologik manipulyatsiyadan foydalanib, firibgarlar odamni ixtiyoriy ravishda bank kartalari raqamlari, loginlar, parollar va tasdiqlash kodlarini berishga undaydi.
Firibgarlarni tanib olishingiz mumkin bo’lgan bir nechta belgilar mavjud:
👉 Aloqa tashabbuskori siz emas. Notanish shaxs messenjerda xabar yozsa, telefon orqali sizga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini bank xodimi, MIB, prokuratura yoki boshqa davlat idoralari vakili deb tanishtirsa, bu sergak bo‘lishga asos bo‘ladi.
Suhbat mavzusi — pul. Agar notanish odam sizga qo’ng’iroq qilib:
🗄 kartangizdagi pul xavf ostida va uni “xavfsiz hisob”ga o‘tkazish kerak;
🗄 sizning nomingizdan kredit rasmiylashtirilayotgani va bu jarayonning oldini olish uchun o’z yordamlarini taklif qilishi;
🗄 siz yutuqli oʻyinning baxtli gʻolibi boʻlganiz va siz katta miqdordagi yutuqni qo’lga kiritganiz;
🗄 va h.k. (pul bilan bog’liq har qanday mavzu);
aytsa, ishonch hosil qiling, bu odam firibgar.
Ular sizdan maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishingizni so’rashadi. Firibgarlar sizdan har qanday yo’l bilan:
🗄 bank kartasining raqami, amal qilish muddati, PIN-kod va CVV/CVC kodi;
🗄 tranzaktsiyalarni tasdiqlash uchun SMS-xabarnomalardan kirish kodlari;
🗄 mobil ilovaga kirish login va parolni;
🗄 shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini.
bilib qilishga harakat qiladilar
Kuchli his-tuyg’ularni uyg’otadi. Eyforiya (100 million so‘m yutib oldingiz) qayg;u (o‘g‘lingiz mashinada odamni urib yubordi, muammoni hal qilish kerak) kabi his-tuyg‘ular. Kutilmagan quvonchdan yoki hayajonlangan odam hushyorligini yo’qotadi va osongina firibgarlik qurboni bo’ladi.
O’ylash uchun vaqt berishmaydi. Shoshilinchlik firibgarlarning belgilaridan biridir. Ular bilishadiki, agar qurbon vaziyat haqida o’ylash va yaqinlari bilan maslahatlashish uchun vaqt topsa, unda ularning pullarini o’zlashtirish imkoniyati yo’qoladi.