➡️ Ko’chmas mulk qimmatli aktivdir. Ko’chmas mulk narxlari o’sib bormoqda. Mavsumiy tebranishlar mavjud, ammo ular kata ahamiyatga ega emas. Siz ko’chmas mulkni bir muncha vaqt o’tgach sotishingiz yoki kelajakka qoldirishingiz mumkin. Ko’chmas mulkni kunlik yoki uzoq muddatli ijaraga berish ham to’g’ri tanlovdir.
Madina va Farxod qissasiga qaytsak. Yig’ilgan mablag’ uch xonali kvartira sotib olish uchun etarli. Uch xonali kvartira ijarasi o‘rtacha 6 million so‘mni tashkil etadi. Yillik daromad 72 million so‘mni tashkil etishi mumkin.
Ko’chmas mulkni sotib olishni afzalliklari?
🗄 vaqt o’tgan sari qiymati oshishi mumkin bo’lgan aktiv.
🗄 agar siz mulkingizni ijaraga berishga qaror qilsangiz, bu barqaror daromad manbaiga aylanishi mumkin.
🗄 ko’chmas mulk o’z qiymatini saqlab qolishi va hatto oshishi mumkin, ayniqsa markaziy tumanlarda.
🔵 Ijaraga olish nafaqat daromadni, balki jiddiy moliyaviy yo’qotishlarni ham keltirishi mumkin. Insofsiz ijarachilar kvartirani ayanchli holatda qoldirishi mumkin, siz esa ta’mirlash va mebelni yangilashingizga to’g’ri keladi. Agar siz ijarachilar bilan shartnoma tuzmagan bo’lsangiz, barcha xarajatlarni o’zingiz qoplashingiz kerak bo’ladi.
P.S. «Qaysi biri yaxshiroq — omonatmi yoki ko’chmas mulkmi?» degan savolga javobimiz, individual holatlarga bog’liq. Sizning maqsadingiz kapitalni saqlab qolish va xavflarsiz foyda olishmi? Demak siz bank omonatini tanlang. Agar uzoq muddatli investitsiyaga sarmoya kiritmoqchi bo`lsangiz, ko’chmas mulk sotib oling.
Tegishli investitsiya vositasini tanlashdan oldin, moliyaviy ehtiyojlaringizni, shuningdek, xavfga chidamliligingizni baholang.