Boshimizga toj bo‘ling,
Yonimizda bor bo‘ling.
Mehribon bobojonim,
Jonajon buvijonim.
Duo qiling har doim,
Bizlarga oq yo‘l tilang.
Mehribon bobojonim,
Jonajon buvijonim.
Diana Toshtemirova,
Samarqand vil., Tayloq tum.
Buvijon
Buvijonim, mehribonim,
Mening jon-u jahonim
Roʻzgʻorimiz sarishtasi,
Uyimizning farishtasi.
Soʻzlaringizda sehr bor,
Koʻzlaringizda mehr bor.
Duolar qilasiz doim,
Uzoq yashang siz iloyim.
Diyora SAYDULLAYEVA.
Buvijonim
Sochingiz paxtadek oq,
Mehri daryo qalbi pok.
So’zlari bol-u qaymoq,
Mehribonim buvijon!
Uyimizning sarishtasi,
Duogo’y-u farishtasi.
Onaginamning onasi,
Shirin zabonim buvijon!
Mexnatdan qo’llari qadoq,
Ko’ngli toza qalbi qaynoq,
Baxtimizga yashang uzoq,
Mehri daryo buvijon!
Buvijonim keldilar
Biznikiga mehmonga
Buvijonim keldilar.
Menga juda-juda ko’p
Sovg’a olib keldilar.
Rahmat sizga buvijon,
Sizni yaxshi ko’raman.
Sizni qattiq quchoqlab,
Birga mazza qilaman.
Bobojonim
Mening nuroniy bobom,
Juda-juda mehribon.
Bilar ishning ko‘zini,
Hikmat bezar so‘zini.
Yigitlar kabi chaqqon,
Ham dehqon-u ham bog‘bon.
Hammaga berar yordam,
Ezgu ishga bosh har on.
Bobomizni barchamiz,
Bobom har gal safardan
Olib kelar kitoblar.
“Bilimli bo‘linglar”, deb,
Bizga qilar xitoblar.
Bilganlarin o‘rgatar,
Unga mehrimiz ortar.
Dono va doim ziyrak.
Bobom barchaga kerak.
Bobojonim bor meni
Bobojonim bor meni,
Juda yaxshi ko’raman.
Har kuni ertalab,
Men salom beraman.
Xursand bo’lib bobom,
Balli bolam deydilar,
Yuzlari nurga to’lib,
Doim duo qilarlar.
Islomova Mukambar.
Bobo va bolalar
Oʼtirishar oʼtloqda,
Bobo bilan bolalar.
Baxor edi, xar yoqda,
Ochilgandi lolalar.
Chayqalardi teraklar,
Sira tinim bilmayin.
Аtrof goʼzal shunchalar,
Uni taʼriflash qiyin.
-«Bobojon! — der bir bola,
Qancha Sizni yoshingiz?».
Ikkinchisi der:-«Nega,
Oppoq sochu-qoshingiz!».
-«Bolalarim!» — der bobo,
Yoshda sizga yetganman!,
Boʼlish uchun qorbobo,
Soch-qoshim boʼyatganman!
Abdulla Pulatov.
Bobojonim sog’indim sizni
Mexringizdan shodon o’ynadim,
Nomingizni tildan qo’ymadim,
Sizdek zotni xali ko’rmadim,
Bobojonim sog’indim sizni,
Siymoyingiz dilimda doim,
So’zlaringiz edi muloyim,
Jannatlarda yuring iloyim,
Bobojonim sog’indim sizni,
Sizni ko’rsam kulardi yuzim,
Bag’ringizga otardim o’zim,
Axtarganda topolmas ko’zim,
Bobojonim sog’indim sizni,
Qancha dovonlardan o’tdingiz,
Nabiram deb qo’lim tutdingiz,
Endi maxshar tomon ketdingiz,
Bobojonim sog’indim sizni,
Chiroyligim edingiz xoksor,
Bugun sizga sher bitdim izxor,
Yana so’zim aytaman takror,
Bobojonim sog’indim sizni.