Quyida keltirilgan ijtimoiy taʼlim vositalari zamonaviy oʻqituvchilar tomonidan pedagogik va “androgogik” maqsadlarda foydalaniladi. Har bir zamonaviy oʻqituvchi bilishi kerak boʻlgan 15 ta ijtimoiy taʼlim vositasi.
Ijtimoiy dasturlar va ijtimoiy tarmoqlar har qanday zamonaviy va onlayn-oʻqituvchilar tomonidan oʻrganish va oʻrganuvchilar, oʻquv jarayoni va taʼlim materiallari, shuningdek, oʻrganuvchilar va onlayn-oʻqituvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik orqali oʻrganishni osonlashtirish uchun qoʻllaniladi. Taʼkidlash joizki, ushbu vositalardan rasmiy va norasmiy oʻquv muhitida foydalanish va ular yordamida dinamik bilimlarni yetkazib beruvchi taʼlim hamjamiyatlarini qoʻllab-quvvatlash mumkin.
1. Edmodo
Edmodo oʻqituvchi va oʻrganuvchilar uchun aloqa bogʻlash va hamkorlik qilish, kontent va oʻquv dasturlari bilan almashish, shuningdek, uy vazifalari, baholar, guruh muhokamalari va bildirishnomalar uchun ishonchli joy boʻla oladi.
2. EduBlogs
EduBlogs osonlik bilan oʻrganuvchilar va oʻqituvchilar bloglarini yaratish va boshqarishga yordam beradi, qisqa vaqtda dizaynlar yaratadi hamda video, fotosurat va podkastlarni oʻz ichiga oladi. Eng muhimi bu xavfsiz, sodda va ishonchli. Shunday ekan, Edublogʼni hoziroq sinab koʻring!
3. Elgg
Elgg mukofotlarga sazovor ochiq manbali ijtimoiy media vositasi boʻlib, universitet, maktab, kollejingizga talabalar uchun yaratilgan ijtimoiy tarmoq yordamida turli ijtimoiy muhitlarni yaratish yoki kompaniya va mijozlaringiz oʻrtasida aloqa oʻrnatuvchi vositalar yordamida ichki jamoaviy platforma yaratish uchun mustahkam poydevor taqdim etadi.
4. ePals
Birdamlik va loyihalarga asoslangan taʼlim uchun xavfsiz tarzda dunyo boʻylab guruhlararo bogʻlaning. ePals bu — mazmunli oʻqitish va oʻqishni targʻib qilish uchun yaratilgan platforma boʻlib, oʻqituvchi va oʻrganuvchilarga akademik yutuqlarga erishish uchun zarur boʻlgan taʼlimning asosiy tamoyillarini rivojlantirish uchun texnologiyadan qanday foydalanish kerakligini koʻrsatib beradi.
5. Google hamkorlik vositalari
Oʻrganuvchi, oʻqituvchi va jamoalarni birlashtiradi. Tez va oson hamkorlik faqatgina Google Appsʼga xos xususiyatdir.
6. Grockit
Grockit bu — moslashuvchan, shaxsiylashtirilgan oʻquv dasturi boʻlib, odamlarga tez oʻrganish va koʻplab savollarga toʻgʻri javob olish imkonini beruvchi noyob ijtimoiy taʼlim xususiyatlariga ega yordamchi ekanligi allaqachon foydalanuvchilar tomonidan tasdiqlangan.
7. Mindmeister
MindMeister hamkorlikda qabul qilinadigan yechimlar orqali insonlarni birlashtiradi. MindMeister hamkorlikni yengillashtirish uchun noldan yaratilgan. Gʻoyalarni kerakli guruh va yoʻnalishlarga ajratib chiqish (mind mapping) hamda fikrlar jamlanmasini tashkil etish (brainstorming) boʻyicha yetakchi onlayn dastur hisoblanadi.
8. Ning
Insonlarni birlashtirish uchun mukammal ijtimoiy veb-sayt yarating. Oʻz koʻrinishingiz, hissiyotlaringiz va ijtimoiy integratsiyani tanlashingiz orqali jamoaga qoʻshiling.
9. Openstudy
OpenStudy bu — oʻrganuvchilar savol berishi, boshqalarga yordam berishi va oʻzi kabi bilim olayotgan oʻrganuvchilar bilan muloqot qilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy taʼlim tarmogʻidir.
10. Quora
Quora sizni oʻzingiz oʻrganishni istagan barcha maʼlumotlar bilan bogʻlaydi. Biror narsa haqida koʻproq bilishni istaganingizda, Quora siz bilan umumiy qiziqishi borlar, qolaversa, oʻsha mavzuda toʻla maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarning javoblari va materiallarini taqdim etadi.
11. Schoology
Schoology bu — darslarni boshqarish, oʻrganuvchilarni jalb qilish, kontent bilan boʻlishish va boshqa oʻqituvchilar bilan muloqot qilishning eng yaxshi usulidir.
12. Talkshoe
Sizga onlayn-guruhlaringiz bilan bogʻlovchi hamjamiyat qoʻngʻiroq qilmoqda 🙂 Jonli shoularni yarating, rejalashtiring va boshqaring. Buni yozib olib, boshqalar bilan ham boʻlishing.
13. VoiceThread
VoiceThread bu — rasmlar, hujjatlar va videolar joylash mumkin boʻlgan va hamkorlikda yaratiladigan multimedia taqdimotlaridir. Taqdimotlarni kuzatuvchilar koʻrib chiqishi va sharhlarni 5 usulda — ovozli (mikrofon yoki telefon yordamida), matnli, audio fayllar yoki videolar orqali (veb-kamera yordamida) qoldirishi mumkin. Doʻstlaringiz, talaba va hamkasblaringiz ham oʻz sharhlarini qoldirishlari uchun, ularga ham VoiceThreadʼni ulashish imkoniyati mavjud.
14. Wikispaces
Wiki jamoasi hamkorlikda bilim olish va maʼlumot almashishni osonlashtiradi. Negaki, maʼlum huquqlarga ega boʻlgan har bir inson wikiga maʼlumot qoʻsha oladi. Siz ishlaringiz va gʻoyalaringizni, turli fotosuratlar, havola va videolar, shuningdek, boshqa turdagi media mahsulotlarni va istalgan maʼlumotlarni boʻlishishingiz mumkin.
15. Yammer
Yammer bu — kompaniyangiz uchun shaxsiy ijtimoiy tarmoq. Boʻlimlar, manzillar, kontent va biznes yoʻnalishidagi ilovalar oʻrtasida xavfsiz hamkorlikni yarating.
Maqola Khan Academy Oʻzbek loyihasi doirasida tarjima qilingan. Havola → Har bir zamonaviy o‘qituvchi bilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ta’lim vositalari.