Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslarda yo’lkira narxi qancha ?
Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar soni ko‘paytirildi, deya xabar berdi Transport vazirligi. Hozirda poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati — Chorvoq” yo‘nalishida har kuni harakatlanadi. Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Avval avtobuslar Mashinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da, Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 da harakatlangan. Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi hamyonbop – 15 000 so‘m. Ayni mavsumda Chorvoqqa boruvchi yo’lovchilar ko’pligini inobatga olsak, bu narx har tomonlama qulay hisoblanadi. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat-u 10 daqiqada yetib boradi.