Barvaqt soch to‘kilishi oldini olish borasida maslahatlar.

Barvaqt soch to‘kilishi oldini olish borasida maslahatlar.


Bugungi kunda soch to‘kilishi muammosi faqat bir umr parhez qiladigan, hatto qahraton qishda ham bosh kiyim kiymaydigan, shuningdek sochini kimyoviy moddalar yordamida jingalak qiladigan ayollar uchun emas, balki erkaklar uchun ham dolzarb bo‘lib qoldi.


Sochlar – yaxshi oyoq kiyimi va ixcham gavda tuzilishi kabi tashqi ko‘rinishning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Chiroyli va sochsiz bo‘lishga qaror qilishdan oldin, balki sochlarni parvarish qilishda quyidagi oddiy haqiqatlarni esda tutish kerak bo‘lar:


👉Sochlarni yumshoqqina qilib quriting


Jismoniy kuch yangi chiqqan sochlarning yashab qolishiga imkon bermasdan ularni sindiradi. Sochlarni quritish uchun namlikni yaxshi sindiruvchi, sifati muvofiq bo‘lgan yumshoq gazlama yoki maxsus sochiqdan foydalaning.


👉Qillari dag‘al bo‘lgan taroq ishlatmang


Ayniqsa dushdan keyin, sochlar hali ho‘lligida ularni tez va shafqatsiz ravishda tarash mutlaqo mumkin emas. Va umuman – sochlarni qo‘l bilan, ba’zan esa tabiiy materialdan qilingan taroq yordamida tarash mumkin va kerak.


👉Eng yaxshisi — sochni kalta qilib oldirish


Yosh ulg‘ayishi bilan sochlar ingichkalashadi va ularning uzun kokillarni ko‘tarishga kuchi yetmay qoladi. Shuning uchun sochlarni kalta qilib oldirish ham qulay va ham chiroyli ko‘rinadi.


👉Soch to‘kilishining oldini oladigan mahsulotlarni sinab ko‘ring


Bu faqat ayollarning tantiqligi deb o‘ylashni bas qiling. Ba’zan vositalarni aniq va samarali tanlash ham yaqinlashib kelayotgan muammoni bartaraf qilishga yordam beradi. Hozir dorixonalar tarmog‘i erkaklar sochlarini parvarish qilish vositalari bilan yetarlicha ta’minlangan.