Qonni tabiiy usulda suyultirish mumkin

Qonni tabiiy usulda suyultirish mumkin


✍️ Shifokor Nozima O’rinova:


🔴 Qonni tabiiy usulda suyultirishda, avvalo, ikki jihatga e’tiborli bo’lish kerak.


✅ Qonni quyiltiruvchi mahsulotlarni cheklash kerak. Bular un va o’ta yog’li mahsulotlar, barcha turdagi shirinliklar. Bular qonni quyultiradi va organizmdan ko’p suyuqlikni olib chiqib ketadi.


☑️ Ko’p suyuqlik yo’qotuvchi kasalliklar bo’lsa, davolash kerak. Diareya, ko’p terlash, poliuriya ( ko’p peshob chiqarish) va boshqalar shular jumlasidandir.


🟠 Tabiiy suyuqlanishga yordam beruvchi vositalar bular:


🍏 Taxir mevalar: limon, taxir olma, imbir.

🥕 Sabzavotlar: bodring, lavlagi, sarimsoqpiyoz.


🗯 Suzma, zardob, ko’katlar, albatta, bu jarayonda faol ishtirok etadi.


✅ Asosiysi, yuqoridagi tavsiyalar bilan birga jismoniy mehnat va harakatni ko’paytirish kerak.


Manba (https://t.me/soglomhayotuz/3509)