Telegram Premium haqida batafsil

Telegram Premium haqida batafsil


Messenjerda Premium akkauntlarni tayyorlash haqida ko’proq ma’lumotlar berilmoqda. Pulli obuna bo’lgan foydalanuvchilar qanday imtiyozlarga ega bo’lishi ma’lum bo’ldi.


Telegram Premiumning asosiy xususiyatlari:

• Ism yaqinidagi maxsus nishon.

• To‘liq ekranli stikerlar.

• Qo’shimcha reaksiyalar.


Quyidagi elementlar uchun chegarani ikki baravar oshiriladi:

• Jilddagi chatlar soni (100 → 200).

• Kanallar va superguruhlarni cheklovi(500 → 1000).

• Jildlar soni (10 → 20).

• Asosiy chat ro’yxatidagi qadalgan chatlar soni (5 → 10) va jild ichidagi chatlar soni (100 → 200)

• Kanallar va superguruhlar uchun umumiy foydalanuvchi nomlari soni (10 → 20).

• Sevimli stikerlar soni (5 → 10).


Katta ehtimol bilan ro‘yxatlar yanada to‘ldiriladi, chunki Telegram innovatsiyalarni faol sinovdan o‘tkazmoqda va cheklovlar bilan tajriba o‘tkazmoqda.


➖ @texnologiyait ➖ | Manba (https://t.me/tginfo)