«Ye» kodli ovqat qo‘shimchalari

«Ye» kodli ovqat qo‘shimchalari


1–qism: Ovqat qo‘shimchalari nima?

Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini oshirish, saqlash muddatini uzaytirish, ta’mini, tuzilishini yoki ko‘rinishini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun qo‘shiladigan moddalar ovqat qo‘shimchalari deb ataladi.


Ovqat qo‘shimchalari o‘simlikdan, hayvondan yoki minerallardan olinishi mumkin. Sintetik qo‘shimchalar ham mavjud. Ular ataylab oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibiga qo‘shiladi, bu maxsus texnologik maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi, buni iste’molchi bilmaydi. Bugungi kunda bir necha ming oziq-ovqat qo‘shimchalari ishlatiladi, ularning har biri o‘ziga xos funksiyaga ega va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash yoki tashqi ko‘rinishini yaxshilashga xizmat qiladi.


2–qism: Klassifikatsiyasi

• 100–199 — bo‘yoqlar (krasitel)

• 200–299 — konservantlar

• 300–399 — anti-oksidlovchilar

• 400–499 — stabilizatorlar, quyuqlashtiruvchilar, emulgatorlar

• 500–599 — rN regulyatorlari, guvalacha hosil bo‘lishiga qarshi moddalar

• 600–699 — aromatizatorlar

• 700–899 — ovqat qo‘shimchasi sifatida ishlatilmaydi (hayvon ozuqalariga qo‘shiladi)

• 900–999 — boshqalar (vosklar, ta’m beruvchilar)

• 1000–1399 — qo‘shimcha moddalar

• 1400–1499 — kraxmaldan olinadiganlar.


Davomi bor …