Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot

Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot 🧠


Xotirani yaxshilash va miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun ko‘proq qanday mahsulotlar tanovul qilish kerak?


1. Tuxum 🥚


Ushbu mahsulot tarkibida ko‘plab vitaminlar, jumladan B12 hamda xolin moddasi mavjud. Odatda xolin moddasining tanqisligi eslash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. B12 vitamini esa miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.


2. Koʻk choy 🍵


Ko‘k choy odamdagi xavotir, tahlika va qo‘rquvni nari ketkazadi, tushkunlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ishga bo‘lgan layoqatni oshiradi va xotirani yaxshilaydi.


3. Yasmiq 🌾


Yasmiq (chechevitsa) – tarkibida tabiiy oqsil jamlangan eng foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Foliy kislotasi, temir moddasi va В guruhidagi vitaminlarni ham aynan uning tarkibidan topasiz. Ushbu elementlar miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, atrofdagi hodisalarni teran anglash va voqealarni eslab qolishga yordam beradi.


4. Kakao ☕️


Xotira sustligidan aziyat chekuvchi insonlarga ko‘proq magniy, flavonoid va triptofan moddalari kerak bo‘ladi. Kakao esa mazkur moddalarning haqiqiy konidir.


5. Brokkoli 🥦


Ushbu mahsulotning foydali xususiyatlarini barmoq bilan sanab, tugatib bo‘lmaydi. Brokkoli inson organizmini tozalab, undan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Tarkibidagi oqsil sharofati bilan xotirani mustahkamlashga xizmat qiladi.


📝 Manba: Xabardor.uz