E VITAMINI NЕGA KЕRAK?

E VITAMINI NЕGA KЕRAK?

Ye vitamini tokoferollarning aralashuvidan tarkib topgan bo‘lib, faol antioksidant hisoblanadi.

Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar orasida tuxum Ye vitaminining koni hisoblanadi. Tokoferol o‘simliklar tarkibida ham bor, eng boylari — bug‘doy, o‘simlik yog‘i, soya, ismaloq, bargli ko‘katlar va boshoqli o‘simliklardir. Agar ovqatlarda ana shular bilan birgalikda hayvonlar yog‘laridan foydalanilsa, Ye vitamini organizmga yaxshi singadi. Tokoferol organizmda qisqa muddat saqlanadi, shuning uchun ushbu mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni har kuni iste’mol qilish kerak.

☘️ Organizmning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.

☘️ A vitamini bilan birgalikda o‘pkani notoza havodan asraydi.

☘️ Kuygan va kesilgan joylarning o‘rni tezroq va chandiqsiz bitishini ta’minlaydi.

☘️ Organizm hujayralarining chidamliligini oshiradi.

☘️ Uning taqchilligi qon xo‘jayralarining buzilishi, kamqonlik, mushak tolalarining bo‘shashishiga olib keladi.

@doridarmonlar