Fiverr va UpWork’ning 4 asosiy farqi bor.

Fiverr va UpWork’ning 4 asosiy farqi bor.


1. Ular sizdan nima xohlaydi?


UpWork sizdan loyihalar ustida uzoq muddat ishlashingizni va mijozlarni uzoqroq ushlab turishingizni xohlaydi.

Fiverr esa ko’plab kichik-kichik loyihalarni qilishingizni xohlaydi. Masalan: bir kunda 4-5 ta.


2. Sizdan qancha pul oladi?


UpWork Fiverr’dan ko’ra ko’proq pul yechib oladi. U yerda qancha uzoq ishlaganingiz sari shuncha kamroq pul to’laysiz, qisqa muddatli loyihalarda, nisbatan ko’proq pul yo’qatasiz.

Fiverr’da esa bu har doim bir xil narxda bo’ladi.


3. Mijozlar bilan qanday aloqa qilinadi?


Fiverr’da profil ochasiz va mijozlarni o’zlari aloqaga chiqishlarini kutasiz.

UpWork’da esa mijozlarni o’zingiz qidirib topib, xizmatingizni taklif qilishingiz mumkin.


4. Qanday ro’yxatdan o’tiladi?


UpWork’ga kirish va ro’yxatdan o’tish qiyin. Sizni kimligingizni, rasmingiz va ma’lumotlaringiz o’zingiznikiligi, qanday ishlarni qila olishingiz va qilgan ishlaringiz haqida so’raydi.

Fiverr’da esa istalgan odam ro’yxatdan o’ta oladi. Uni kimligiga ham, qanday ishlar qila olishiga platforma e’tibor qaratmaydi.


© Zafarbek Ibrohimov