Qanday qiIib eskirgan baliqni yangisidan ajratib olish mumkin?

Qanday qiIib eskirgan baliqni yangisidan ajratib olish mumkin?


— Agar avvaldan eskirgan baliq sotib olgan boʻlsangiz, yuqorida sanab oʻtilgan maslahatlar yordam bera olmaydi. Uni xarid qilishdan oldin sinchiklab tekshiring. Quyida sifatsiz baliqning belgilari:


• Kuchli baliq yoki ammiak hidi — ishonish qiyin, ammo yangi baliqdan deyarli baliq hidi kelmaydi.

• Koʻzlari sezilarli botgan, xiralashgan, kulrangga kirgan.

• Oyquloqlari kir kulrang, jigarrang, sargʻimtir tus yoki och rangga ega. Ehtimol shilimshiq bilan qoplangan.

• Tangachalari xira, toʻkiladi va tanadan oson ajraladi.

• Tanasiga bir oz bosganda uzoq vaqt joyiga qaytmaydigan botiqlar paydo boʻladi.

• Taning oʻzi juda yopishqoq, baliq shilimshigʻi toʻplanib qoladi.

• Lahm goʻshtining chetdagi uvadalangan, shaffof emas, dogʻlar yoki qon quyilishlariga ega.

• Muzlatilgan baliqning dumi tepaga bukilgan yoki quruq koʻrinadi.

• Muzlatilgan baliq uvadalangan, qiyshaygan yoki shaklini yoʻqotgan.