Bitcoin nima o’zi?

BITCOINKRIPTOVALYUTANI TUG’ILISHI


Birinchi bo’lib, albatta tarixga qaytsak. 2009 yilda yaponiyalik Satoshi Nakasomi (BitCoin asoschisi – fakt emas) elektron valyuta yaratadi, ammo hozirgacham kim yaratganligi haqida to’liq malumot yo’q. Uning g’oyasi shundaki, valyutalarni nazoratsiz ayirboshlashga (almashtirishga) ega bo’lish, elektron shakilda uni saqlash va o’tqazish, yana qabul ham qilish.


BITCOINBU NIMA O’ZI ?


BitCoin (bitcoin,btc) – bu elektron shakilda, banklarsiz (nodo’vlatiy) tarzda ishlaydigan valyuta. Hozirgi kunda trendni (mashhurlikni) eggalayotgan mavzulardan biri. Vaqtida 1$ bo’lgan kriptovalyuta, hozirgi daqiqada 16259$dir. Uni hech kim boshqarmaydi, valyutani banklar emas, millionlab kompyuterlar har xil dasturlar orqali matematik algoritmlar bilan ishlab chiqaradi (mayning). Aynan shu BitCoin (sistemasi), deyiladi.


WEBMONEY VA QIWIDAN FARQI NIMADA ?


Farqi shudaki, BitCoin pullarni (btc) Siz dollarga, rublga va kerak bo’lsa, hohlagan buyumlarga almashishingiz mumkin. Uning uchun BitCoin sotadigan odam topishingiz zarur, yana bo’lsa olib-sotish uchun har xil birjalar mavjud. Albatta, yana bir masala : WebMoney va Qiwi hamyonlarini mamlakatlar boshqarishadi, BitCoin esa mustaqil valyuta, ammo kimdir uchun bu juda ishonchsizlikni bildiradi.


Elektron hamyonlar haqida ma’lumot : “Elektron hamyon ochish va yaratish bo’yicha qo’llanma”


KIM VALYUTANI ISHLAB CHIQARADI ?


HECH KIM ! Bu valyuta banklarda chop etilmaydi va ularni qoidasi bo’yicha ishlamaydi. Banklar hohlagancha pul chop etishlari mumkin, ammo bu inflatsiyaga (valyuta qiymatini pasayishiga) olib keladi.


BitCoin faqat sonlar shaklida bo’ladi, naqt pul emas. Uni hohlagan paytda, hohlagan odam matematik algoritmlar orqali o’z kompyuteridagi quvvati bilan ishlab topishi mumkin. BitCoin ishlab topish – “mayning” deb aytiladi, mayning haqida malumot biroz keyinroq albatta bo’ladi.


Yana bir muhim masala, 1 bitcoin = 100 000 000 satoshiga teng. Ya’ni boshqa oddiy valyutalarga juda o’xshab ketadi. Masalan, AQSH dollarini yarimi = 50 sent, rublni yarimi esa = 50 kopeyka. Bitcoinda esa = 50 000 000 satoshi. Ha, bu juda g’alati, bunday bo’lishi sababi, bitcoin qimmat bo’lishi menimcha kutilgan, odamlar kichkina summa bilan ham ishlashlari uchun shunday qilingan.


BITCOINDAN BOSHQA VALYUTALAR BORMI ?


Albatta bor, ularni yana “altcoin” deb atashadi. Ulani soni juda ko’p va kundan-kunga o’shib bormoqda. Coinmarketcap.com saytida Siz ularni katalogi, narxi va reytingini bilib olishingiz mumkin. Ular haqida ham malumotlar bizni saytimizda keyinroq bo’lishi kutilmoqda.


BITCOIN ISHLATISH QONUNIYMI ?


Har xil mamlakatlarda har xil qoidalar va qonunlar bor. O’zimizni mamlakatimizdagi qonunlarga bo’ysinishimiz shart, u bo’lmaganida, tinchlik ham tartiblik ham bo’lmas edi. Shuning uchun pastda joylashgan ro’yhatga e’tibor bering.


Demak, BitCoin ishlatish mumkin bo’lgan mamlakatlar :


Albatta, Yaponiya (qonunlashtirilgan)


Filippin (to’lov tizimi deb, tasdiqlangan)


Malayziya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)


Janubiy Koreya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)


Belgiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)


Finlandiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)


Germaniya (qonuniy valyuta, soliqqa tortiladi)


Kanada (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)


Buyuk Britaniya (birjalar bilan nazorat qilish harakatida)


AQSH (soliqqa tortiladi)


Alyaska (kriptovalyuta biznesini sertifikat qilish harakatida)


Chexiya (neytral holatni egalladi)


Hindiston (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)


Fransiya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)


Do’stlar, sezgan bo’lsangiz, BitCoinni qabul qilgan mamlakatlar juda rivojlangan va boy do’vlatlar hisoblanadi. Bundan, o’zingiz xulosa qiling.


MUMKIN EMAS :


Rossiya (noqonuniy valyuta, yaqin bo’lgan 2-3 yilda o’zini milliy kriptovalyutasini yaratish niyatida)


Islandiya (jiddiy zapretda)


Vetnam (noqonuniy to’lov tizimi)


Ekvador (noqonuniy to’lov tizimi)


Xitoy (opratsiyalar cheklangan)


Ha, tepada ko’rsatilgan mamlakatlar ham boy va kuchli, baribir, xulosa berish o’zingizga…


O’zbekistonga kelsak, bilmadim, 3 yildan beri ishlataman, bu bilan muammoga to’qnash kelmadim. Daryo.Uz va Kun.Uz saytiga obuna bo’lib, xabardor bo’lib turib turing, bu juda muhimdir!


BITCOIN QANDAY SOTIB OLISH/SOTISH MUMKIN ?


Maqolaning yarmida aytib o’tganimdek, uni birjalar orqali ham olsa bo’ladi. Birjalarga hozir link beradigan bo’lsam, tushunmasligingiz mumkin, shunga videodars tayyorlash kerak…


Yana bo’lsa, BestChange.Ru saytida ham hohlagan valyutangizni tanlab ayirboshlashingiz mumkin.


Ushbu ma’lumotlar get-money.uz saytidan olingan!