Ozodlik g’oyasining bitiknomasi bo’lmish mamlakatimiz Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilinganiga ham 28 yil to`lmoqda. 8-dekabr adolat oftobi charaqlagan kun sifatida har yili katta shodiyona bilan nishonlanadi. O’zbekiston Respublikasining qomusi bizning manfaatlarimizga xizmat qiladi. Mazkur qomusimiz 6 bo’lim, 26 bob hamda 128 moddadan iborat. Konstitutsiya — davlatni-davlat, millatni-millat sifatida dunyoga tanitadigan hujjatdir.
Men ham Vatanimning bir bo’lagi, jajji qizchasi sifatida o’z huquqlarimni o’qib-o’rganar ekanman, shu muqaddas Vatanda tug’ilganimdan, shu zaminning erkasi ekanimdan g’ururlanaman. Yelkamdagi mas’uliyatni his etgan holda o’z-o’zimga savol berdim: «Bu mas’uliyatni to’liq ado etish uchun nima qilishim kerak?», «Jonajon yurtim uchun qanday ishlarni amalga oshirishim zarur?» Bu savollarga javobni yuragimdan topdim. Eng avvalo, men kabi o’g’il-qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, maktabim bag’rida a’lo o’qishim, ota-onamni e’zozlab, Vatanim oldidagi farzandlik burchimni ado etishim zarur. Bu mening eng katta maqsadimdir.
Gulshoda RAHIMBERDIYEVA,
Namangan tumanidagi 26-umumta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi
bolalardunyosi.uz