Alifbe bayrami va matematika tadbiri uchun raqamlar haqida she’rlar Alifbe bayrami va matematika tadbiri uchun raqamlar haqida she’rlar0 raqami”Diqqat mening nomim nol,O’quvchim sen ogoh bo’l.Yolg’iz tursam yo’qman men,Sherik bo’lsa to’qman men.Yozilishim qiyinmasDum-dumaloq chizsang bas!1 raqamiBir degan sanoq sonman ,Sanash uchun osonmanBitta yurak bitta bosh,Bitta oy, bir quyosh,Yozishga ham o’ng’ayman,Qoziqchaga o’xshayman2 raqamiIkki degan nomim bor,Ikki birdan men tayyor.Ikki qo’l, ikki oyoq,Ikki ko’z, ikki quloq,Nimaga o’xshayman xo’shXuddi ko’ldagi oqqush !3 raqamiUchta birman nomim uch,Birlashganda bo’lar kuch.Uchgacha sanayman der,Shart o’ynagan har bir sher.Yozish uncha qiyinmas,Tishlangan ikki kulcha.4 raqamiMen to’rt degan raqamman,Ikki ikkidan jamman.Bo’lsa ikki juft o’rtoq,To’rtta ulfat o’sha choq.Yozishni mashq qil picha,Bir oyog’i narvoncha !5 raqamiBesh degulik nomim bor,Raqamlar ichra ilg’or.Bir-bir qo’shsa anchaman,Qo’ldagi besh panjaman.Yaxshi tirish yozmoqqa,Sal o’xshayman qarmoqqa.6 raqamiBeshdan keyin oltiman,Raqamlarning oldimanIkki uchni qo’shsang bas,Hech qachon esdan chiqmas .Yozishni lozim bilmoqGo’yoki oddiy ilmoq7 raqamiMening nomimdir yetti,Endi demanglar mitti.Oltidan bitta ko’pman,Yetti yulduzman to’pman.Chizginda kichik o’roq,Beliga boyla belboq.8 raqamiSanamay demang sakkiz,Ikki to’rtni qo’shsangiz,Hosil bo’laman shu on,Yaxshi bilgin ukajonYozilishim bil qani,Tasavvur qil pillani.9 raqamiMen to’qqizman to’qqizman,Sonlar ichra yolg’izman.Sakkizdan bitta katta,Bilib qo’ygin albatta.Yozishni o’rgan asta.Ilmoqman dumi pastda. Darsliklar / Sherlar 0 1 2 3 4 5 Жалоба 8 0 30-04-2024, 01:40