Kunlardan bir kuni Alisher bilan Xusaynni ustozi Lutfiy oldiga chaqirib shogirdlarining zehnini,nimaga qiziqishlarini bilmoqchi bo‘libdi. Har ikkalasiga ham bosh va qilich tasvirlangan suratini beribdida,unga sharh yozib kelishini topshiribdi.Ertasi kuni Alisher bilan Xusayn ustozi oldiga tashrif buyurishibdi. Ustoz:- xush,Xusayn mirzo,siz sur’atlarni qanday sharhladingiz? Xusayn:- men qilichga hamdu-sanolar aytib,jang-u jadallar haqida madhiya yozdim. Ustoz: — Xush ,Alisherbek siz-chi? Alisher:- Ustoz,bosh aql ramzi bo‘lib,u insonlarga xizmat qiladi,qilich esa aqlga qarshi turib,boshga beadat kulfat soladi. Lutfiy ularni sharhlarini eshitib,Alisherga qarab- «Ofarin,Alisherbek ofarin!», debdi. Xusayn mirzoga esa indamabdi.
Rivoyat: Tilning qudrati
Hozir sizlarning e’tiborlaringizga bir sahna ko‘rinishini havola etamiz.Bu tarbiyaviy qimmatini yo‘qotmaydigan rivoyatdir. Birinchidan,bu rivoyat Ona tili qismati va kelajagi uchun hamisha qayg‘urish zarurligini anglatadi. Ikkinchidan, tilini sevmagan odam har qancha o‘qimishli, dovrug‘dor bo‘lgani bilan vatanparvar bo‘lolmasligini ta’kidlaydi.
Rivoyatchi: Rivoyat qilishlaricha, qadim-qadim zamonlarda bir odil odamning suluv qizi bo‘lgan emish. Shu dilbarga ikki farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ularning qay biriga ko‘ngil berishini bilmay qolibdi. Farishtalar esa qizning visoliga erishish uchun yelib yugurishaverishibdi.
Qiz: Men yurt farzandi bo‘la oldigan o‘g‘ilga ona bo‘lishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab, sizga qarorimni aytaman.
1-farishta: Bu ish faqat mening qo‘limdangina keladi.Men unga ilm o‘rgataman,u riyoziyotdan, falakiyotdan saboq oladi. Siyosat bilan shug‘ullanadi.Ajnabiy tillarni egallaydi. Olamga dong taratadi.
2-farishta: Ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib qoladigan asosiy boylik bu – til. Ona tili bor ekan, vatan bor. Xalqning umr o‘lchovini tili belgilaydi. Dunyodagi bor go‘zallik va mehr ona allasini eshitgan bolaning tili tufayli ko‘zga tashlanadi. Maqsadimni anglagandirsan. Men o‘g‘limni ona tiliga xiyonat qilmaslikka, qo‘shiq, ertak, dostonlar aytib, sening latofatingga latofat qo‘shib turgan mana shu til uchun jonini ham ayamaslikka o‘rgataman.
Rivoyatchi: Bu gaplardan olim farishta qah-qah urib kulib yubordi. U raqibini aqli pastlikda ayblabdi. O‘rtasidagi tortishuv janjalga aylanibdi.
Qiz: Janjallashmanglar, yurtda bir ulug‘ donishmand bor. O‘sha kishining huzuriga boramiz. Hammasi o‘sha joyda hal qilinadi. Uning hukmi men uchun ham qonun bo‘ladi.
Rivoyatchi: Ular donishmand yoniga borishibdi. U nizo qo‘zg‘agan barcha gap-so‘zlarni tinglabdi-yu, 2-farishtaga debdi:
Donishmand: Qiz seni sevadimi yo‘qmi bilmayman Lekin otalik sharafiga faqat sen loyiqsan.
Til tig‘dan o‘tkir
O‘tmish zamonda bir mamlakatning podshosi qattiq kasal bo‘lib qolibdi. Mashhur tabiblar ham ko‘rib uni tuzata olmabdilar. Nig‘oyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib:
— Sher sutini ichsangiz tuzalasiz, — debdi.
Podsho jar chaqirtiribdi. Hech bir joydan biror kimsa: «Sher sutini men olib kelaman», demabdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, podsho saroyiga bir yigit kelib:
— Podshoga sher sutini men keltiraman.— deydi. Podsho:
— Sher sutini keltirsang, bosh-oyoq sarpo va tillalar beraman, — debdi.
Yigit podshodan to‘rt qo‘zi so‘rabdi. Amaldorlar yigitga to‘rt qo‘zini tutqazishibdi. Yigit to‘rt qo‘zi bilan shahardan chiqib ketibdi. Cho‘l yurib, suvsiz aro yo‘l yurib, bir o‘rmonzorga yetibdi. O‘rmonning yonida bir dasht bor ekan. Yigit qo‘zilarini bir joyga qo‘yib, sekin haligi dashtga nazar tashlasa, uzoqda bir ona sher bolalarini emizib issiqda yaslanib yotgan ekan. Yigit ikki qo‘ltig‘ida ikkitadan to‘rtta qo‘zini ko‘tarib o‘rmon oralab sherga yaqinlashibdi. Yigit avval bir qo‘zini sher tomon yuboribdi. Sher bolalari qo‘zini tutib olib birpasda yeb bitiribdilar. Yigit shu tarzda ikkinchi, uchinchi qo‘zini sher tomon yuboribdi. Sher bolalari ularni ham saranjomlab qo‘yishibdi.
Nihoyat, yigit to‘rtinchi qo‘zini ko‘tarib to‘g‘ri ona sher oldiga boribdi. Ona sher yigitga tashlanmabdi, balki qo‘zilarni yuborayotgan o‘sha yigit ekanligini anglab jim yotibdi. Yigit kelib bemalol sherning sutini sog‘ib olibdi va iziga qaytibdi. Yigit yo‘lda qaytib ketayotganida uning qo‘l, oyoq va ko‘z, tili o‘zaro janjallashibdi.
Quloq: «Men jarchidan eshitdim, shuning uchun yigit bu vazifani bajardi», — desa, ko‘z: «Avval men ko‘rdim, mensiz yigit bu joylarga kela olmas edi», — debdi. Oyoqlari: «Bizlar yurib-yurib shu joylarga olib keldik, bizlarsiz yigit bir qadam ham ilgari siljimas edi», desa, ko‘llar: «Biz avaylab sher sutini sog‘dik, yigit murod-maqsadiga yetadi», — debdi. Indamay turgan til: «Ey og‘aynilar, hammamiz bir jon, bir tanmiz, lekin dunyoda mendan o‘tkir narsa yo‘q. Chunki til tig‘dan o‘tkir, xonasi kelsa, tig‘ni ham qaytaradi», — debdi. Hamma a’zolar o‘zaro janjallashib, talashib, podsho saroyiga yetib kelganini bilmay qolishibdi.
Yigit podsho saroyiga kirib, qo‘lidagi ko‘zachani mahkam ushlagani holda, podsho oldiga yaqinlashganini sezmay qolibdi. Podsho atrofida amaldorlar, tabiblar turgan ekan. Podsho yigitdan:
— Qanday sut olib kelding? — deb so‘ragan ekan, yigit shoshib qolib:
— Echki suti, — deb yuboribdi. Podsho:
— Jallod! —debdi.
Jallodlar kelib yigitning qo‘l-oyog‘ini bog‘lamoqchi bo‘lganlarida, podshoning dono vaziri:
— To‘xtang, taqsir, bu sahroyi yigit, arkoni davlatni ko‘rmagan, shoshib tili tutilib qoldi. Yana bir so‘rang. Qo‘lidagi ko‘zachada nima olib kelganini aytib bersin, — debdi. Podsho yana so‘rabdi. Shunda yigit, es-hushini yig‘ishtirib olib:
— Taqsir, men sizga sher sutini keltirdim. Ana oling, — debdi.
Vazirlar yigitning qo‘lidan idishni olib, tabiblar tekshirib qarashsa, haqiqatan yigit sher sutini keltirgan ekan. Podsho sher sutini ichib sog‘ayibdi. Yigitning tili so‘zga kirib, boshqa a’zolariga qarab:
— Ey og‘aynilar, ko‘rdingizmi? Yigit shoshib qolib, tili g‘uldirab, yanglishib: «Echki suti», deganida bekorga o‘lib ketar edi. Es-hushini yig‘ishtirib, o‘ylab to‘g‘risini aytgani uchun o‘limdan qoldi. Til tig‘dan o‘tkir deb, bekorga aytmaganlar, — debdi.
Tilning ahamiyati — rivoyat
Til bo‘ldiradi ham, o‘ldiradi ham, — deydi dono
xalqimiz. Bu fikrni bir rivoyat bilan izohlamoqchimiz. Qadimda ikki do‘st mamlakat shohlari
davlatlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish maqsadida uchrashishibdi. Ular ikki tilda so‘zlashgani
uchun tarjimonni chorlashibdi. Uzoq davom etgan muzokarada noshud tarjimonning tili
tutilibdi. «Tinchlik» so‘zini «Tanglik» deb tarjima qilibdi. Shohlarning kayfiyati buzilibdi, birbirlaridan ixloslari qaytibdi. Ikki xalq taqdiri hal bo‘lar payti tarjimonning boshi aylanib,
«Do‘stlik» so‘zini «Qasdlik» deb tarjima qilibdi. O‘rtaga shubha oralab, ikki davlat o‘rtasida
urush boshlangan ekan.
Til va yurak
Rivoyat qilinishicha: Luqmoni Hakimga xojasi: qo‘yning eng shirin joyini pishirib keeling — debdi. Luqmoni Hakim qo‘yning tili va yuragini pishirib, olib kelibdi. Ho‘jayin yeb bo‘lgach, Luqmonga: haqiqatan ham juda mazali ekan- deb, tashakkur aytibdi. Kunlardan bir kuni yana xojasi chaqirib; busafar qo‘yning eng achchiq joyini pishirib keeling — debdi. Bu safar ham Luqmoni Hakim qo‘yning tili va yuragini olib kelibdi. Shunda xo‘jayin hayratlanib: ikki xil ta’mli go‘sht so‘rasam ham, bir joyini olib keldingiz, buning hikmati nimada? — deb so‘radi. Luqmoni Hakim: Hojam! Qalb yaxshi bo‘lsa, butun jasad yaxshi bo‘ladi, agar u yomon bo‘lsa, butun jasad yomon bo‘ladi. Shuning uchun ikki safar ham birdek taom tayyorladim — degan ekanlar.
“Soqov” ayol haqida rivoyat