Biz Zulfiyaxonim nabiralarimiz
Maktabning tadbir o’tkaziladigan katta zali sharlar va gullar bilan bezatilgan.
Sahnada Zulfiyaxonim portreti. She’rlari tushirilgan rangli bukletlar. Iqtidorli
o`quvchilar tomonidan tasvirlangan rasmlari.
Musiqa sadolari ostida qo’llarida sharlar bilan 4- sinf o’quvchilari sahnaga
chiqadilar.
Gulmiraxon:— Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehribon ustozlar!
Zulfiyaxonim izdoshlari bo`lgan qizlar va bilimdon bolajonlar! O’zbekiston xalq
shoirasi, taniqli jamoat va davlat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 100
yillik qutlug’ sanasi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirimizga xush kelibsiz!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014- yil 31-oktabrdagi
“Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq,
biz 4- sinf o’quvchilari bayram tadbiri tayyorladik.
Elveraxon:-Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli farzandi, O’zbekiston
xalq shoirasi, “Nilufar” va Javoharl’al Neru nomidagi xalqaro mukofotlar
sohibasidir.
Zamiraxon:- Zulfiyaxonim 1915- yili 1-martda Toshkent shahrining qadimiy
Degrez mahallasida tug`ilgan.
Gulhayoy:-Zulfiyaxonimning bolalik yillari doshqozon atrofida bezovta
yurgan otasining ortidan ergashib, “Dada, menga qo’g’irchoq yasab bering!” deb
iltimos qilardi.
Zaynabxon:- Zulfiyaxonimning onasi Xadicha aya ko`pgina qo’shiq va
afsonalarni, doston va ertaklarni bilardi.
Asadbek:-Zulfiyaxonim 1996-yil 1-avgustda 81 yoshida bu hayotni tark etdi.
Gulmiraxon: Umr uzun karvon, yelkada yuki,
Goh xira, goh yorug’, tonglardan o’tar.
Shu karvon yo’lida, bir azim daraxt
Baland shoxlari chirmashib o’sar.Iqboloy:-Zulfiyaxonim uchun Hamid Olimjon do’st, ijodiy izlanishlarida eng
yaxshi ko`makchi bo’lgan.
Normatjon:-Buyuk shoir Hamid Olimjon Zulfiyaga hamma narsada
o’rnak bo’ldi.
Dinaraxon: Zulfiya ko’nglini Hamidga soldi.
Go’zal hayot zavqin diliga soldi.
Lek shodligi cho’zilmay yiroq,
O’lamini qopladi, ayriliq, firoq.
Shodiyorbek:-Hamid Olimjon 1944-yil 3-iyulda yo’l-transport hodisasi
oqibatida Zulfiyaxonim va bu olamni tark etadi.
Sahna lolaqizg ‘aldoqlar maketi bilan bezatiladi.
Shabnamoy: Ona turgan xonaga,
Qizi kirdi, yugurib.
Go’yo sig’may olamga,
Dedi, shoshib-ko’pirib.
Shodiyabegim: Oyijonim, tez yuring!
Ko’rsataman qiziq gul,
Hurriyatning tomini,
Lola qoplabdi butkul.
Zulayxooy: Bilmayman, jonim qizim,
Onasidan so’ranglar.
Ruxsat bersa, chiqing-u,
Ko’zingizga qaranglar.
Gulmiraxon:-Zulfiyaxonim farzandlari Hulkar va Omonga, nabirasi
Ulug’beklara bag’ishlab ham she’rlar yozgan.
Nilufarxon: Hulkar degan qizchaman.
Gul ichida o’saman.
Ko’kda uchsa kapalak,
Yo’llarini to’saman…Charosxon: Ukam bor edi Omon,
Jonlari jonimga jon.
Yurt bo’lsin omon-omon,
Yayraganimda…
Farruxjon: Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qog’ozni yular.
Damda varrak yasab,
Ko`kka uchirib,
Izidan qop-qora ko`zlari yurar…
Gulmiraxon:-Zulfiyaxonim tabiat kuychisi, tong kuychisi.
Munisaxon: Men erkin Vatanda qushdayin ozod,
Emin-erkin o`sdim, undim, gulladim.
Shu hayotda cheksiz quvnoqman, ham shod,
Butun borlig’imni shunga yo`lladim.
Irodaxon: Havo ko`m-ko`k, unda yo`q beg’ubor,
Quyosh nurin behad sochadi.
Yerda ajib to`lishib bahor,
Har kun yangi chehra ochadi.
Zilolaxon: Yomg’ir, sen tabiat sahiy farzandi,
Menga ko`rsat yo`l.
San’ating sevadi yer-u ko`k gardin,
Ezguliging mo`l.
Hilolaxon: Mehnat bergan oltin shodlikday,
Otilib toshadi shalola.
Shovqini ilhomdan yorliqday,
Yurakda ko`tarar tarona.
Gulmiraxon:-Ona! Ona muqaddas va buyuk zot. U bir qo`li bilan beshikni,
ikkinchi qo`li bilan dunyoni tebratadi. Ona qalbi-insoniyat qalbi. Uning
hayajonli tuyg’ularida buyuk ishonch bor. Zulfiyaxonim ona, sadoqatli ayol siymosini madh etib, ko`plab she’rlar | yozgan.
Zaynabxon: Onam, mening mushfiq, mehribon onam,
Qalbimda ovozing, o`zing qayerda!?
Quyosh og’ushiga solganmi olam,
Shu’laday odiming qaysi asrda?
Asadbek: Kim tanimas bizning onalarni?
Siz qayda sezmaysiz issiq nafasin?
O`lchab bo`larmikin ona mehrini,
Tugatib bo`larmi aytib qissasin?
Gulmiraxon:-Shoira Zulfiya Oybek, G`afur G`ulom, Abdulla Qahhor,
Mirtemir kabi shoirlar bilan mushoiralar o`tkazar edi. Oybek, G`afur G`ulom,
Abdulla Qahhor, Mirtemirning she’rlarini tinglab, ko`ngli zavq-shavqqa to`lardi.
Oybek, G`afur G`ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir Zulfiyaxonim haqida ta’rif
bitganlar.
Elveraxon: G’afur G’ulom “Zulfiyabegimga” she’ri
Umrlarcha davom etsin,
Vatan ufqida parvozing,
Zamon aksi sadosidek,
jaranglab tursin ovozing.
Asrlarning nidosi yangragan
har parda satringkim,
Hayotiy shoshmaqomlardir
yurak zarbiga teng sozing.
Zamiraxon: Erkin Vohidov “Vafo” she`ri
Meni barhayotsan,
Deding, shoiram.
Yorug’ dunyodagi,
Hayotim o’zing…
Gulhayooy: Hamid G’ulom “lltijo” she’ri
Shahar markazida ko’rkam bir uy bor, To’rt tomon xiyobon, gullar doira.
Bu yerda yashashni etmish ixtiyor,
Ardoqli bir inson, buyuk shoira.
Normatjon: Gulchehra Jo’rayeva “Eng yaqin yulduz” she’ri
Eng yuksak, eng yorqin, eng yaqin yulduz,
Ko’kning zuhrosi-yu, she’r Zulfiyasi.
Ikkingiz egizak bir yolqinli so’z,
Mangulikning sevgan juft madhiyasi.
Gulmiraxon:-1999-yil 10- iyulda Prezidentimiz tomonidan “Zulfiya” nomidagi
Davlat mukofoti ta’sis etilishi o’zbek ayoli uchun ko’rsatilgan katta ehtiromdir.
Dunyoda yagona bo`lgan bu mukofot yurtimizdagi iste’dodli qizlarimizning
adabiyot, san’at, fan, madaniyat va ta’lim sohasida erishgan muvaffaqiyatlari
uchun berilmoqda. Zulfiyaxonim izdoshlari yurtimiz nomini ulug’lab kelmoqdalar.
Gulmiraxon:-Zulfiyaxonim o`z she’rlari bilan barchamizni hayotni, go’zallikni,
tiriklikni, istiqbolni ulug’lab yashashga da’vat etadi.
Barchangizga eng yaxshi tilaklar hamroh bo’lsin!
G.A.Isoqova
Jizzax viloyat xalq ta`limi xodimlarini
qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti katta o`qituvchisiMavzu: Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak
Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o’quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, ifodali o’qish
malakalarini takomillashtirish; ertakka oid topshiriqlar bilan ishlashga o’rgatish;
tarbiyaviy: rostgo’ylik, samimiylik va har qanday hollarda ham to`g`ri
gapirish kabi fazilatlarini tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o’quvchilaming og’zaki nutqini o`stirish, mantiqiy fikrlash
malakalarini rivojlantirish hamda lug’at ustida ishlash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Metodi: suhbat, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash.
Jihozi: darslik, videolavhalar, mavzuga doir rasmlar.
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
Salomlashish, o’quvchilaming darsga tayyorlash.
II.Uy vazifasini so’rab, takrorlash, mustahkamlash.
Mavzuga oid savol-javoblar orqali uyga berilgan vazifani so`rash. Uy
vazifasini yaxshi bajarib kelgan o’quvchilaming rag’batlantiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
O’qituvchi:- Bolajonlar, ertaklar 2 turga bo’linadi. Xalq ertaklari, adabiy ertaklar.
Bugun biz “Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak” asarni o’rganamiz. U adabiy
ertak bo’ lib, muallifi bolajonlarning sevimli adibi Anvar Obidjondir. Anvar
Obidjon haqida nimalar bilasiz?
O`quvchilar Anvar Obidjon haqida bilganlarini so`zlab beradilar. O`qituvchi
o`quvchilarning javoblarini tinglab, yangi ma`lumotlar bilan to’ldiradi.
O’qituvchi:-O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yili 8-yanvarda
Farg’ona viloyati Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog’ida tug’ilgan. Anvar Obidjon
tomonidan bolalarga atab yozgan she’r va ertaklarini o`quvchilar qiziqish bilan
o’qib kelinmoqda. Anvar Obidjonning “Qo’ng’iroqli yolg’onchi”, “Pahlavonning
o’g’irlanishi” pesalari sahnalashtirilgan va bolalar tomonidan bu pesalar qiziqish bilan qabul qilingan.
O’quvchilar “Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak” asarini ifodali o’qiydilar.
O`qib chiqishlari uchun vaqt belgilanadi. Belgilangan vaqt tugagach o`quvchilar
“Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak” asarini o’zaro muhokama qilishadi.
O’qituvchi o`quvchilar bilan “Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak” asari
yuzasidan savol-javob o`tkazadi. Shundan so`ng “Bo’rining tabib bo’lganligi
haqida ertak” asarini rollarga kirib o’qib berishlarini taklif qiladi.
O`qituvchi: Bolajonlar sizlarga “Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak”
asaridagi qaysi so`zlar ma`nosi tushunarli bo`lmadi?
O`quvchilar “Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak” asaridagi ma`nosi
noma`lum so`zlarni aytishadi.
O`qituvchi o`quvchilarga ma`nosi noma`lum so`zlar ma`nosini tushuntiradi.
Lug’at ustida ishlash:
tul kampir-beva kampir;
muttaham-aldoqchi, shum;
dil xushlam-xursand bo’lib;
darg’azab-g’azabnok, g’azabli;
ozor-tashvish;
quwatdori-quwat beruvchi dori;
xapdori-suv bilan ichiladigan dori.
O’qituvchi:-Endi pazl usulida uch guruhga bo’linamiz. Bunda o`quvchilarga
bo`laklarga bo`lingan rasmlar beriladi. O`quvchilar rasmlarini birlashtirib,
dastlabki holatiga keltirishadi. “Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak” asarini
qismlarga ajratgan holda o’rganamiz.
1-guruh:-“A`lochilar”;
2-guruh:-“Ilg`orlar”;
3-guruh:-“Bilag`onlar”.
1-topshiriq.
Guruhingiz uchun ajratilgan parchani ifodali o’qing. Har bir guruhdan 2
nafardan o’quvchi o`zlari uchun ajratilgan matnlarni ifodali o’qiydi. 2- topshiriq. O’quvchilar o`zlari uchun ajratilgan ma’lumotlarni izohlaydilar.
A`lochilar: Ertakda qiziq voqealar bo’ladi, yer teskari aylanib hayvonlami
yeydigan bo’ri ularni davolaydigan tabibga aylanadi. Bo’rining tabib bo’lsa ham,
yirtqichligini tashlamadi:
Ana qarang
Tish qayrab
O’tirar shum shifokor.
Yo’lga boqar jovdirab,
Tezroq kelsa deb bemor.
Ilg`orlar:Bo’ri faqat yirtqich emas,u bilimsiz tabibdir. U quyonning biqini
og`riyotgan bo`lsa ham biqini qolib chap ko’zini tekshiradi. Oshqozon og’rig’ini
tumov deydi.
Bo’ri yaqin o’tirdi,
Biqin qolib tekshirdi
Quyonning chap ko’zini.
Kechikamiz dingquloq,
Ko’rmasak tez chora gar
Oshqozoning sal chatoq
Buni “tumov” deydilar…
Bilag`onlar: Bo’ri tabiblikni qornini to`yg`izish uchun qiladi. Bilimsizligi
uchun ham to’ng’izning kasalini davolash uchun go’shtini kesish lozimligini
aytadi:
Tomoq og’riq boshlanar
O’ng oyoqning payidan
Kesib olsak soz bo’lar
Go’shtlikkina joyidan.
3-topshiriq. Lug’at ustida ishlash.
Har bir guruh o’zi uchun ajratilgan parchadagi tushunarsiz so’zlar lug’atini
tuzadi. Darslikda berilgan lug’atdan foydalanib, ma’nosini aniqlaydi.
A`lochilar: ters-teskari, chap; Yirtqich-vahshiy;
Bemor-kasal, betob.
Ilg`orlar: inim-ukam;
Gar-agar;
muolaja qilamiz-davolaymiz.
Bilag`onlar: pay-elastik to’qima;
rostlab qoldi juftagin-qochib qoldi.
4-topshiriq. O`zingizga ajratilgan parchadagi o’xshatish, jonlantirish va ko’p
ma’noli so’zlarni toping.
A`lochilar: dingquloq-ko’chma ma’noda ishlatilgan.
Ilg`orlar: rostlab qoldi juftagin- ko’chma ma’noda ishlatilgan.
5-topshiriq.
O`zingizga ajratilgan parchalar asosida savollar tuzing.
A`lochilar: Bo’ri kim qilib saylandi?
Ochko`z shifokor nimalarni o’ylab o’tiribdi?
Ilg`orlar: Bechora quyon tabib oldiga qanday kirib keldi?
Bilimsiz shifokor bo’ri unga qanday tashxis qo’ydi?
Bilimsiz shifokor quyonga qanday davo qo’llamoqchi bo’ldi?
Bilag`onlar: Bemor to’ng’izcha bo’rining oldiga qanday holatda keldi?
Nodon shifokor bo’ri to’ng’izcha kasalining sababini nima deb ko’rsatdi?
Nima uchun to’ng’izcha qochib ketdi?
6- topshiriq. O`zingiz uchun ajratilgan bo’limga mos sarlavha toping.
A`lochilar: Bilimsiz shifokor.
Ilg`orlar: Og`rib qolgan quyoncha.
Bilag`onlar: Qochiq qolgan to`ng`izcha
Yangi mavzunil mustahkamlash.
Darslikda berilgan mustahkamlash uchun savollar orqali o’quvchilarning
egallagan bilimlari mustahkamlanadi.
-Quyon bilan to’ng’izchalar nima uchun qochib qolishdi?
-Bo’rining huzuriga kimlar davo istab kelishdi?-Ochko`z bo’ri nima maqsadda tabib bo’ldi?
-Sizningcha tabiblar qanday bo’lishi mumkin?
-Kim kelajakda shifokor bo’lmoqchi?
-Yaxshi shifokor bo’lish uchun nima qilish kerak?
-Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
Darsni yakunlash va darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholab,
rag`batlantirish.
Uyga vazifa: Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lganligi haqida ertak”
asarini ifodali o’qish va mazmuniga mos rasm chizish.
G.A.Isoqova
Jizzax viloyat xalq ta`limi xodimlarini
qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti katta o`qituvchisi