Kalsiy D 3 nikomed — kalsiy va fosfor almashinuvini normallashtiradi.

?Kalsiy D 3 nikomed — kalsiy va fosfor almashinuvini

normallashtiradi.


#Kalsiy D 3 tabletkasi

#Калсий Д 3 таблеткаси


?Dori shakli : tabletka


?Tarkibi : ?


kalsiy va vitamin D3


?Ta’sir qilishiga ko’ra ?


Kalsiy — fosfor almashinuvi ni normallashtiruvchi vosita.


?Qo’llanilishi ?


— Vitamin D 3 va kalsiy moddasi organizmda kam bo’lganda profilaktika maqsadida

— Osteoporozda , ya’ni suyakning yemirilishi holatida

— Suyak mo’rtligida

— Bel , oyoq va bo’yin og’rig’ida ( ko’pincha organizm da kalsiy kam bo’lganda og’riq kuzatiladi ).

— Muskullarda , tishda , sochda kalsiy faoliyatini normallashtirish uchun

— Suyaklarni normal o’sishi va mustahkam bo’lishi uchun.


?Qabul qilinishi ?


Tabletka shimilishi yoki ichga chaynab yutilishi mumkin. Ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.


Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar kuniga 1 tabletkadan 2 mahal qabul qilishlari mumkin.


7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 tabletka qabul qilish tavsiya qilinadi.


7 yoshdan kichik bolalarga esa kalsiyni suyuq holatini yoki suspenziyalarini bergan ma’qulroq.


?Nojo’ya ta’siri ??


— Ko»ngil aynish

— Qorinda og’riq

— Meteorizm ( qorin dam bo’lishi)

— Diareya


❌Qo’llash mumkin emas ?


— Organizmda kalsiy ko’pligida ( giperkalsiyemiyada)

— Siydik orqali kalsiy ajralganda

— Nefrolitiazda ( buyrakda tosh bo’lsa )

— Vitamin D organizmda ko’p bolganda

— Tuberkulyozda

— Buyrak og’ir yetishmovchiligida



?MASLAHAT ?


⭐️Yosh bolalarga kalsiyni suyuq holatdagisini bergan yaxshi.


⭐️Kalsiy tabletkasini 3 yoshdan kichik bolalarga berish mumkin emas. Suyuq kalsiy shaklini berish kerak.


⭐️Ko’pchilik uyqusi yo’qligidan bezovta bo’lib uxlatuvchi dorilar qabul qiladi. Kalsiy organizmda melatonin gormonini hosil qilish xususiyatiga ega moddadir. Melatonin gormoni esa uyqu gormoni hisoblanadi. Shu uchun uyqusizlikda va uyqu buzilish holatlarida kalsiyni qabul qilish kerak.


⭐️Kalsiy yetishmovchiligi stressga sabab bo’ladi. Bunda ham kalsiy yaxshi effekt beradi.


⭐️Kalsiy organizmda kamligida sochlarning erta oqarishi , tomir tortishishi , suyak og’rishi va tirnoq sinuvchanligi kabi belgilar kuzatiladi.


⭐️Kalsiy D 3 ni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin.


?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — Norvegiya