Duovit — 11 xil vitamin va 8 xil mineral moddalar

?Duovit — 11 xil vitamin va 8 xil mineral moddalardan iborat samarali vosita.

#Duovit

#Дуовит

?Dori shakli : draje

?Tarkibi ?

Bir draje quyidagilarni saqlaydi ?

— Vitamin A

— Vitamin D 3

— Vitamin C

— Vitamin B 1

— Vitamin B 2

— Vitamin B 6

— Vitamin B 12

— Vitamin PP ( nikotinamid)

— Folat kislota ( foliyevaya kislota)

— Vitamin B 5

— Vitamin E

Qo’shimcha yana kanakunjut moyi , saxaroza .

?Ta’sir qilishiga ko’ra ?

Modda almashinuvini normallashtiruvchi va vitamin — mineral majmua hisoblanadi.

?QO’LLANILISHI ?

— Organizmni infeksion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun.

— O’tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida

— Ovqatlar tarkibida vitamin lar kam bo’lgan holatlarda

— Uzoq qilingan parhezdan keyingi holatlarda

— Vitaminlar yetishmovchiligida

— Sport bilan muntazam shug’ullanish davrida

— Nerv va psixik yuklama bo’lgan holatlarda

— Homiladorlik va emizish davrida

— Kamqonlik da

— Ovqat kam is’temol qiluvchi kishilarga qabul qilish buyuriladi.

— Qusish , ich ketish kabi xolatlardan keyingi paytda qabul qilish buyuriladi.

— Ko’p hayz ko’rish va ko’p terlashdan keyingi holatlarda buyuriladi.

— Ximioterapevtik vositalar qo’llangandagi majmuaviy davolashda

— Ishtaha pastligida

— Gemoglobin miqdori kamligida oshirish maqsadida

— Suyak mo’rtligida ( tarkibida kalsiy va fosfor bor )

— Organizmda temir moddasi kam bo’lganda

?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?

Ertalabki nonushtadan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. 10 yoshdan katta va kattalar uchun sutkasiga 1 qizil rangli draje va 1 ko’k ( moviy) rangli draje qabul qilinadi. Drajeni butunligicha ko’p bo’lmagan suv bilan yutish kerak. Qabul qilish kursi — 30 kun.


?NOJO’YA TA’SIRI ?

Allergik reaksiya lar bo’lishi mumkin.

❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?

Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.

?ESLATMA : ?

?Duovit ni qabul qilganingizdan keyin siydik sariq rangga bo’yalishi mumkin, bundan hech xavotirlanmang. Mutlaqo bezarar holat.

?Duovitni boshqa tarkibida mineral va vitamin saqlovchi preparat bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya