?Doprokin tabletka — ko’ngil aynish va qayt qilishga qarshi samarali vosita.
#Doprokin tabletka
#Допрокин таблетка
?Dori shakli : tabletka — 10 mg
?Tarkibi : Domperidon — 10 mg
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Me’da ichak harakatini stimullaydi va funksional buzilishlarni davolaydi.
Ko’ngil aynib , qusishga qarshi vosita.
?Qo’llanilishi ?
— Me’da ichak motorikasini rag’batlantiradi.
— Ko»ngil ayniganda
— Qusishda
?Qabul qilish usuli ?
Doprokin tabletkasini ovqatlanishdan oldin chaynamasdan yetarlicha suv bilan qabul qilinadi. Sutkasiga 1 tabletkadan 3 mahal qabul qilinadi.
?Nojo»ya ta’siri ?
— Yurak tez urishi
— Terida toshma
— Teri qichishishi
❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Me’da ichakdan qon ketish holatlarida
— Ichak tutilishida
— Me’da ichak ning teshilishida ( perforatsiya ) da
— Jigar faoliyatining og’ir va o’rtacha buzilishlarida
— Ketokonazol , eritromitsin, flukonazol , amiodaron , klaritromitsin kabi dori preparatlar bilan birga qo’llash mumkin emas. Ya’ni zamburug’ga qarshi antibiotiklar va virusga qarshi preparatlar bilan birgalikda qo’llash mumkin emas .
— Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
?ESLATMA : ?
?Homiladorlik davrida preparatni homiladorlikning birinchi 3 oyligidan keyin va faqatgina ko»ngil aynish holatlarida qabul qilish mumkin. Har doim va doimiy qabul qilib bo’lmaydi. Emizish davrida qabul qilishga to’g’ri kelsa emizishni to’xtatish kerak.
?Ko’ngil aynib qayd qilish ga qarshi preparatlardan metoklopramidni xomiladorlik va emizish davrida qabul qilib bo’lmaydi ( homiladorlikning barcha davrida ham mumkin emas).
?Ko»ngil aynib qayd qilishga qarshi yana bir vosita bor motonium degan. Motoniumni ham homiladorlikning birinchi 3 oylikdan keyingi vaqtda qabul qilish mumkin. ( Faqat ko’ngil aynib qayd qilish holatlarida gina . Esda saqlang ).
?Uzoq yo’lga , safarga chiqadiganlar yo’lda ko»ngil aynib , qayd qiladigan larni ko’p ko’ramiz. Shu vaqtda doprokindan 2 ta tabletkani ( bir qabulda ) ovqatlanishdan oldin qabul qilib olinsa , yo’lga chiqishdan oldin juda yaxshi samara beradi. ( sinalgan ).
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Turkiya