Digidrotaxisterol tomchi — kalsiy va fosfor almashinuvi

?Digidrotaxisterol tomchi — kalsiy va fosfor almashinuvida qatnashadi.


0,1 % dozada 10 ml , 15 ml , 20 ml va 30 ml flakon idishlarda chiqadi.


#Digidrotaxestirol

#Дигидротахистирол


?Dori shakli : Ichga qabul qilish uchun tomchi.


?Tarkibi : Digidrotaxistirol


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Kalsiy — fosfor almashinuvini boshqaruvchi .


?Qo’llanilishi ?


— Organizmda kalsiy yetishmovchiligida.

— Raxitda

— Vitamin D organizmda yetishmovchiligida.

— Fosfor yetishmovchiligida

— Osteoporozda

— Gipoparatireozda

— Paratgormon gormoni sintezlanishi buzilganda.

— Organizmda magniy moddasi kamligida.

— Qandli diabetda

— O’tkir pankreatitda


?Qabul qilish usuli va dozasi ?


Ichga qabul qilinadi. Ovqatlanish vaqti yoki ovqatlanishdan keyin.


Qabul qilish miqdorini ( tomchi sonini ) shifokor bilan maslahatlashing.


?Nojo’ya ta’siri ?


— Gipervitaminoz , ya’ni vitamin D ning organizmda oshib ketishi.

— Kalsiyning organizmda oshib ketishi ( giperkalsiyemiya ).

— Og’iz bo’shlig’i qurishi

— Bosh og’rig’i

— Buyrak faoliyati buzilishi mumkin.

— Ko’ngil aynish , qusish

— Og’iz dan metall hidi kelishi

— Qon bosimi oshishi

— Diareya , xolsizlik


?Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda .

— Giperkalsiyemiyada ( organizmda kalsiy ko’pligida )

— Organizmda vitamin D ko’payib ketganda .

— Organizmda magniy moddasi ko’pligida .

— Yosh bolalarga mumkinmas.

— Qon bosimi baland kishilarga mumkin emas.

— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.

— O’t pufagida tosh bo’lganda yoki o’t yo’llari qayrilish holatida ( o’t pufagi diskineziyasida ).

— Buyrak da tosh yoki tuz bor holatlarda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.