?Lakto -G kapsulasi — ichak mikroflorasini normallashtiruvchi vosita.
#Lakto — G
#Лакто — Г
?Dori shakli : kapsulalar
?Tarkibi : ?
⭐️Faol modda : Tirik bakteriyalar : Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis.
Fruktooligosaxaridlar, guruch maltodekstrini.
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Ichak mikroflorasini boshqaruvchi va tiklovchi preparat.
?Qo’llanilishi
— Ichak mikroflorasini muvozanatini buzilishi — disbakteriozni oldini olish va davolash.
— Antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan davolanish vaqtida bolalar va kattalarda rivojlanadigan disbakteriozda
— Diareya da ( ich ketishi).
— Meteorizmda ( qorin dam bo’lishi).
— Qabziyatda ( ich qotishi).
— Kolitlar da
— Gastroenterokolitlarda
?Qo’llash usuli va dozasi
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 kapsula ni suv bilan aralashtirib ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
— 2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda sutkada 1-2 kapsula dan ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
— Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 2 — 3 kapsuladan och qoringa yoki ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
?Nojo»ya ta’siri
Belgilangan dozada qabul qilganda nojo»ya ta’sir qayd etilmagan.
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda .
?ESLATMA : Homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin.
Preparat ovqat hazm qilishda ham qisman qatnashadi.
B va K vitaminlarning sintezida qatnashadi.