No-shpa tabletkasi — spazmolitik va og’riq qoldiruvchi vosita.

?No-shpa tabletkasi — spazmolitik va og’riq qoldiruvchi vosita.


#Но- шпа таблетка

#No- shpa tabletka


?Dori shakli : tabletka


? Tarkibi :


Bitta tabletka 40 mg drotaverin gidroxlorid moddasini o’zida saqlaydi.


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Spazmolitik vosita. Og’riq qoldiruvchi.


?Qo’llanilishi


— Safro chiqarish yo’llari kasalliklarida , xolesistitda ,xolangit bilan bog’liq silliq mushaklarning spazmlarida

— Siydik yo’llarining silliq mushaklarining spazmlarida: sistitda, buyrak tosh kasalliklarida

— Me’da ichak yara kasalligi da, 12 barmoq ichak yara kasalligida, gastritda, ingichka va yo’g’on ichak larning yalliglanishida.

— Bosh og»rig’i , mushak zo’riqishidagi bosh og’rig’ida

— Stressli bosh og’rig’ida

— Surunkali kundalik bosh og’rigida

— Migrenda

— Ginekologiyada , og’riqli xayz ko’rishda

— Boshqa og’riq qoldirish xolatida

— Qon tomirlarni kengaytirganligi sabab qon aylanishini yaxshilaydi.

— Xomiladorlik davrida mumkin


?Qo»llash usuli va dozasi


Ichga qabul qilinadi. Kattalar sutkasiga 3 — 4 ta tabletka qabul qilishi mumkin.


Bolalar , ya’ni 6 yoshdan katta bolalar sutkasiga 2 ta tabletka qabul qilsa bo’ladi.


?Nojo’ya ta’siri


— Qabziyat

— Uyqusizlik

— Qon bosimni pasayishi

— Teri toshmalari, qichishish


?Qo’llash mumkin bo»lmagan holatlar


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Og’ir jigar va buyrak yetishmovchiligida

— Og’ir yurak yetishmovchiligida

— 6 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish mumkin emas

— Qon bosimi pasayib ketganda mumkin emas.