Nefrolin tabletkasi — Buyrak va siydik yo’llari va o’t tosh kasalligida

?Nefrolin tabletkasi — Buyrak va siydik yo’llari va o’t tosh kasalligida qabul qilinadi.


#Nefrolin tabletka

#Нефролин таблетка


?Dori shakli : tabletka


?Tarkibi : ?


— Pol pola

— Buyrak choy


Va boshqa tabiiy mahsulotlar.


?Ta’siriga ko’ra ?


Diuretik ( siydik haydovchi) , spazmolitik , yallig’lanishga qarshi va bakteriyalarga qarshi antibakterial ta’sirga ega.


?QO’LLANILISHI ?


— Siydik haydovchi preparat sifatida

— Buyrak kasalliklarida va siydik yo’llaridagi yalliglanish holatlarida samarali vosita

— Buyrak shamollashida va siydik yo’llari infeksiyasida

— Piyelit , piyelonefrit , uretrit kabi kasalliklarda

— Sistit kasalligida

— Prostata bezining yallig’lanishida

— Buyrakdagi va siydik yo’lidagi toshlarni eritish xususiyatiga ega

— O’t qopidagi toshlarni ham eritishda o’z ta’siriga ega

— O’t tosh kasalligida

— Xolesistit va xolangit kabi o’t qopining yallig’lanish kasalliklarida.

— Homiladorlik davridagi piyelonefritda

— Buyrak tosh operatsiyasidan keyingi holatlarda

— Umurtqa osteoxondroz kasalligida

— Podagra kasalligida

— Artritda ( bo’g’im yallig’lanishida)


?Qabul qilish usuli ?


Tabletka ovqatlanishdan 5 — 10 minut oldin qabul qilinadi.


12 yosh va undan kattalarga 2 tabletkadan kuniga 3 mahal qabul qilinadi.


6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda 1 tabletkadan kuniga 3 mahal qabul qilinadi.


Davolash kursi — 30 kun.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


Nojo’ya ta’siri deyarli yoq.


❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?


— preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— 6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.



?ADMIN MASLAHATI ?


?Dorixonadan pol pola va buyrak choy kabi damlanuvchi giyohlarni olamiz. Nefrolin shu giyohlarni tabletka ko’rinishidagi varianti hisoblanadi va tabiiy qo’shimcha ta’sirga ham ega.


?Homiladorlik davrida ko’pincha ayollarimiz buyrak kasalliklarida , piyelonefritda , sistitda va siydik tosh kasalliklarida qanaqa sirop yoki qanaqa tabletka qabul qilsam bo’ladi deb ko’p so’rashgan . Bu borada homilador ayollarimizga tabletkadan siston , nefrolin va siropdan esa fitonefron kabi siropni tavsiya qilaman. Bu preparatlar homiladorlikda mumkin va tarkibi tabiiy mahsulotlar bo’lib zararsizdir.Bularni hamma qabul qilishi mumkin.


Nefrolinni yana bir yaxshi tomoni ham buyrak , ham o’t qopidagi toshlarni ham erituvchi ta’sirga ega. ( Bir o’q bilan 2 quyonni urdi degan maqolni eshitgan bo’lsayiz ?) .


?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — Vatanimiz O’zbekiston ?.