Metrid — tarkibi metronidazol bolgan antibiotik.

?Metrid — tarkibi metronidazol bolgan antibiotik.


# Метронидазол флакон ( осма ).

# Metronidazol flakon ( osma).


?Dori shakli : Infuziya uchun eritma ( flakon osma).


?Tarkibi : ?


⭐️Ta’sir etuvchi faol modda : metronidazol — 100 ml eritma 500 mg metronidazol saqlaydi

⭐️Yordamchi modda : Natriy xloridi va ineksiya uchun suv.


?Ta’sir qilishiga ko’ra : Bakteriyalarga va protozoylarga ( zamburugli kasalliklarga) qarshi vosita. Antibiotik.


?Qo’llanilishi


— Bakterial kasalliklarda

— Ichak, qindagi, jigar , teri va buyrak a’zolaridagi bakterial kasalliklarda

— Markaziy nerv infeksiyalarida

— Meningitda

— Pnevmoniyada

— Bakterial endokardit

— Miya absessi ( miyada yiring bolishi).

— Qorin bo’shligi infeksiyalarida

— Peritonitda, jigar abssesida

— Bachadon va tuxumdondagi absseslarda

— Teri va yumshoq to’qimalardagi infeksiyada, sepsisda

— Helikobacter pylori bilan bogliq bo’lgan me’da va 12 barmoq ichak yarasida

— Operatsiyadan keyingi asoratlarni ( yo’g’on ichak, to’gri ichak , appendektomiya ( ko’richak) , ginekologik operatsiyalar) oldini olishda.

— O’pka empiemasida ( o’pkada yiring bo’lishi) holatida.

— Buyrak shamollashi va buyraklar faoliyati buzilganda.


?Qo’llash usuli va dozasi


Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga vena ichiga tomchilab ( osma ) yuboriladi. Yuborilish davomiyligi 30 — 40 minut.Davolash kursi 7 kun.


12 yoshdan kichik bolalarga shifokor maslahati bilan.


?Nojo’ya ta’siri


— Ko’ngil aynish , qusish

— Ichak sanchig’i

— og’izda metall ta’mi

— Og’iz qurishi

— Stomatit

— Bosh aylanishi, bosh ogrigi, Xolsizlik, uyqusizlik

— Teri toshmasi, burun bitishi

— Siydikni qizil jigarrang rangda ajralishi

— Sistit

— Ineksiya qilingan joyda qizarish , og’riq

— EKG da T tishini tekislanishi.

— Tirishish


?Qo’llash mumkin bolmagan holatlar:


— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda.

— Tutqanoqda ( epilepsiyada).

— Nerv sistemasi shikastlanganda

— Jigar yetishmovchiligida ( katta dozada).

— Homiladorlik va emizish davrida

— Spirtli ichimliklarni ichgan vaqtda qabul qilish

— Leykopeniyada ( leykotsitlar qonda kamayib ketganda).


?ESLATMA : Metronidazol, metrid, metrogil, balgil kabi osmalarning tarkibi bir xil. Xalq orasida kopincha metrid oldim yoki metrid osma olishim kerak degan so’zlar bor. Quyidagi preparat ☝️shu haqida.


Yana bir muhim ma’lumot metrid, metrogil, metronidazol, balgil kabi osmalarga hech narsa qo’shilmay o’zi yuboriladi.