Gino — Tardiferon foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Gino — Tardiferon foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Gino — Tardiferon — kamqonlikka qarshi vosita.


?Tarkibi:


Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:?


— Temir sulfat gidrati — 256,3 mg

— Boshqa temir saqlovchi moddalar — 80 mg

— Foli kislotasi ( vitamin B 9 ) — 350 mkg


Yordamchi moddalar ?


— Askorbin kislota, kartoshka kraxmali, eudragit S, talk , magniy stearat.


? Ta’ sir qilishiga ko’ra :


Anemiyaga ( kamqonlikka ) qarshi vosita. Gemopoyez ( qon hosil bo’lishi) jarayonini tezlashtiradi.

Vitamin va temir moddalarni o’zida jamlagan.


?Qo’llanilishi


— Asosan temir yetishmovchilik kamqonligida (homiladorlikda, me’da ichak traktidan temirning so’rilmasligi ) da

—Foli kislotasi va temir tanqisligi anemiyasini oldini olish uchun profilaktika maqsadida

— Hayz ko’rish davrida ( ortiqcha qon yo’qotish orqali temir moddasi ham kamayib ketadi).

— Gemoglobin miqdori pasayib ketganda.


?Qo’llash usuli va dozasi


— Yengil turdagi anemiyalarda sutkasiga 1 ta tabletkadan 2 mahal

— Og’ir turdagi anemiyalarda sutkasiga 1 ta tabletkadan 3 mahal

— Homiladorlik va emizish davrida sutkasiga 1 ta tabletkadan qabul qilinadi.


?Nojo’ya ta’siri


— Ko’ngil aynish ,qusish

— Qorinning yuqori qismida og’riq

— Qabziyat

— diareya

— Gastrit ( kam xollarda).

— Qichima

— Qizil teri toshmasi


?Qo’llashga qarshi ko’rsatma


— Temir tanqisligi anemiyasi va foli kislotasi yetishmovchiligidan boshqa anemiyalarda qo’llash mumkinmas. ( gemolitik anemiya, megaloblastik anemiya, B12 bilan bogliq anemiyada).


— Organizmda temir moddasi miqdori oshib ketganda

— Qizilo’ngach stenozida ( bekilib qolganda).

— Meda ichak yo’llari bekilib qolganda

— 18 yoshdan kichkinalarga

— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda


?ESLATMA: Me’da ichak traktining yalliglanish kasalligida , buyrak va jigar yetishmovchilik kabi kasalliklarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.


Tarkibida kanakunjut moyi borligi sabab ichak tutilishi ( qabziyat) kuzatilishi mumkin.