Nikatrop foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Nikatrop foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Nikatrop — psixostimulyator dori vositasi.


?Tarkibi:


Bitta kapsula quyidagilarni saqlaydi.?


⭐️Faol modda: ?


— Piratsetam — 400 mg

— sinnarizin — 25 mg


⭐️ Yordamchi modda: ?


— Kalsiy stearati

— Magniy subkarbonati


?Dori shakli: kapsula


?Qo’llanilishi:


— Miya tomirlarining surunkali yetishmovchiligida

— Aterosklerozda

— Qon bosimi yuqori bo’lganda qon bosimini tushiradi.

— O’tkazilgan insultdan keyingi holatlarda

— Miyaning chayqalishida va yengil kontuziyasidan keyingi holatlarda

— Miya shikastlanishida

— Xotira va boshqa bilish faoliyatlarini yaqqol buzilishlarida

— Bosh aylanish, quloqda shovqin, ko’ngil aynish, qusishda

— Nistagm ( ko’zlarni ixtiyorsiz xarakati)

— Migrenda (boshning teng yarmi og’rishi) da.

— Intellektual rivojlanishdan orqada qolgan bolalarda bilish jarayonlarini yaxshilash uchun.


?Qo’llash usuli va dozasi


Shifokor maslahati bilan qabul qilinadi.


⭐️Kattalar uchun :


kasallikning og’irligiga qarab 1— 2 kapsuladan sutkasiga 3 marta.


⭐️Bolalar uchun:


5 yoshdan katta bolalar 1 — 2 kapsuladan sutkasiga 1 — 2 marta.


?Nojo’ya ta’siri


— Asabiylashish, uyquchanlik, depressiya

— Bosh aylanishi , bosh og’rig’i, muvozanatni yo’qotish, uyqusizlik, ta’sirchanlik, bezovtalik.

— Juda kam hollarda — teri toshmasi, qichishish.

— Ko’ngil aynish, qusish, diareya, qorin og’rig’i.

— Jinsiy faollikni kuchayishi


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:


— Qon bosimi past bo’lganda

— Preparatga qandaydir allergiya bo’lganda.

— Og’ir buyrak yetishmovchiligida

— Gemorragik insultda (miyaga qon quyilishida).


?ESLATMA:


Xomiladorlikning birinchi 3 oyligida va emizish davrida nikatrop preparatini qabul qilish mumkin emas.