Demoton T foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Demoton T foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

?Demoton T — ko’p vitaminlardan iborat dori preparati.

?Infuziya uchun eritma . Ya»ni osmaga qo’shiladi.( Natriy xlor va glukoza)ga .

?Dori shakli : infuziya uchun eritma — 10 ml

?Tarkibi

10 ml ampula quyidagilarni saqlaydi?.

⭐️Faol modda — 75 mg tiamin gidroxlorid (vitamin B1).

— Piridoksin gidroxlorid — 25 mg . ( vitamin B 6).

— Sianokobalamin ( vitamin B12) — 0,75 mg.

— Retinol palmitat ( vitamin A).

— Riboflavin ( vitamin B 2) — 10 mg.

— Nikotinamid— 125 mg

— Dekspantenol — 30 mg

— Ergokalsiferol va polisorbat 80 — 0.025 mg.

— Alfa tokoferol atsetat.

⭐️Yordamchi modda : Benzil spirti, polisorbat 80, ineksiya uchun suv.

?Ta’sir qilishiga ko’ra : B guruh vitamin yetishmovchiligida, A va D guruh vitamin yetishmovchiligida. Polivitaminlar kompleksi.

anemiyaga qarshi.

?Qo’llanilishi.

— B1, B6, B12 , A va E , D guruh vitaminlari organizmda yetishmovchiligida.

— Nerv sistemasi kasalliklarini simptomatik davolashda

— Periferik nerv kasalliklari, nevrit, nevralgiya, radikulitda

— Uchlik nerv faoliyati buzilishida, yuz nervi faoliyati buzilishida ( yuzning bir tomoni tortishib qolishi).

— Ensefalopatiyada ( diabetik , alkogol).

— Skleroz, nerv travmalarida.

— B 12 yetishmovchiligi anemiyasida.

— Miya faoliyatini yaxshilaydi

— Sinapslardan impulsni o’tishini yaxshilashda

— Modda almashinuvini normallashtirishda.

— Artrit, osteoartroz, revmatizm, revmatoid artritda buyuriladi.

— Tuberkulyozga qarshi vositalar bilan birga qollasa ham bo’ladi.

— Operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyin.

— Me’da ichak kasalligida, yarali kolitda ( Yo’g’on ichak yarasida).

— Infeksion kasalliklardan keyin immunitetni oshirish uchun.

— Vitamin yetishmasligida, ovqatlanish buzilishida.


?Qabul qilish usuli va dozasi

Demoton T faqat vena ichiga yuboriladi.

( Demoton B 12 esa faqat mushak ichiga yuborilardi, esda saqlang).

— 3 yoshdan 6 yoshgacha bolgan bolalarda — 2 ml ampula 100 ml 0,9 % natriy xlor eritmasida va 100 ml 5 % glukoza eritmasiga qoshiladi. ( Osmaga qo’shiladi).

— 6 yoshdan 12 yoshgacha bolganlarda 5 ml ampula 250 ml 0,9 % natriy xlor eritmasida va 250 ml 5% glukozaga qoshiladi. ( Osmaga qoshiladi).

— 12 yoshdan 16 yoshgacha bolgan bolalarda 5 ml 250 ml 0,9 % natriy xlor eritmasi va 250 ml 5% glukoza eritmasiga qoshiladi.( Osmaga qoshiladi).

— Kattalarda ham, ya»ni 16 yoshdan katta bolganlarda 10 ml va 20 ml ( 1 ta va 2ta ampula) dan 500 ml 0,9 % natriy xlor eritmasi va 500 ml 5% glukoza eritmasiga qoshiladi. ( osmaga qoshiladi).

?Nojo’ya ta’siri

— Allergik reaksiya

—Taxikardiya ( kam xolatda).

— Aritmiya ( yurakning notekis urishi).

— Teri toshmalari,

— Anafilaktik shok

— Bosh aylanishi

— Ko’p terlash

— Qichima

— Eshakyemi ( teri kasalligi)

— Preparatni tez yuborganda sudorgi berish xolati kuzatilishi mumkin.

— Gipervitaminoz (A, B, D vitamin kopayib ketishi).

?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar.

— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda

— Yurak yetishmovchiligida, yurak kasalligida

— 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda

— B1, B6, B12, A, D vitaminlari organizmda kop bo’lganida.( giper vitaminoz holarida).

— Gemofiliyada ( qon ketishi tezlikda to’xtamasligida).

?ESLATMA: Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahati bilan. ( Xavfsizlik uchun).