Demoton B 12 foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Demoton B 12 foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Demoton B 12 — vitamin B1, B 6, B 12 vitaminlari kompleksidan iborat ineksiya uchun eritma ( 5 ml ampula).


#Демотон Б 12

#Demoton B 12


?Dori shakli : ineksiya uchun eritma — 5 ml.


?Tarkibi


5 ml ampula quyidagilarni saqlaydi?.


⭐️Faol modda — 250 mg tiamin gidroxlorid (vitamin B1).

— Piridoksin gidroxlorid — 250 mg . ( vitamin B 6).

— Sianokobalamin ( vitamin B12) — 1,5 mg.


⭐️Yordamchi modda : Benzil spirti, natriy gidrokarbonat, ineksiya uchun suv.


?Ta’sir qilishiga ko’ra : B guruh vitamin yetishmovchiligida,

anemiyaga qarshi.


?Qo’llanilishi.


— B1, B6, B12 guruh vitaminlari organizmda yetishmovchiligida.

— Nerv sistemasi kasalliklarini simptomatik davolashda

— Periferik nerv kasalliklari, nevrit, nevralgiya, radikulitda

— Uchlik nerv faoliyati buzilishida, yuz nervi faoliyati buzilishida ( yuzning bir tomoni tortishib qolishi).

— Ensefalopatiyada ( diabetik , alkogol).

— Skleroz, nerv travmalarida.

— B 12 yetishmovchiligi anemiyasida.

— Miya faoliyatini yaxshilaydi

— Sinapslardan impulsni o’tishini yaxshilashda

— Modda almashinuvini normallashtirishda.

— Ateroskleroz , gepatitda

— Qandli diabetda

— Artrit, osteoartroz, revmatizm, revmatoid artritda buyuriladi.

— Tuberkulyozga qarshi vositalar bilan birga qollasa ham bo’ladi.

?Qabul qilish usuli va dozasi


Faqat mushak ichiga yuboriladi.


— 3 yoshdan 6 yoshgacha bolgan bolalarda — 1 ml dan.

— 6 yoshdan 12 yoshgacha bolganlarda 2 ml

— 12 yoshdan 16 yoshgacha bolganlarda 5 ml dan har 2- 3 kunda bir .

— Kattalarda ham 5 ml dan ( ogir xolatlarda har kuni), kasallikni yengil xolatida esa 5 ml dan 2-3 kunda bir marta.


?Nojo’ya ta’siri


— Allergik reaksiya

—Taxikardiya

— Teri toshmalari,

— Anafilaktik shok

— Bosh aylanishi

— Ko’p terlash

— Qichima

— Eshakyemi ( teri kasalligi)

— Aritmiya ( yurakni tez yoki sekin urib ketishi).

— Preparatni tez yuborganda sudorgi berish xolati kuzatilishi mumkin.


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar.


— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda

— Yurak yetishmovchiligida

— 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda

— B1, B6, B12 vitaminlari organizmda kop bo’lganida.( giper vitaminoz holarida).