Peo foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
Ta’sir etuvchi modda — seftriakson
Dori shakli — oq yoki sarg’ish tusli oq rangli kukun
Qo’llanilishi?
— seftriaksonga sezgir bo’lgan bakterial infeksiyalarda
— Qorin bo’shligi azolari infeksiyalari (peritonit, xolangit, meda ichak yo’llari, xolesistit, o’t pufagining empiemasi)
— Nafas yo’llarining kasalliklarida: (pnevmoniya, o’pka absessi, plevra empiemasi)
— Suyaklar,bo’g’imlar, teri va yumshoq to»qimalar infeksiyasida
— Jinsiy azolar infeksiyasida: (gonoreya,piyelonefritda)
— Bakterial meningit va endokarditda, sepsisda
— Infeksiyalangan jarohatlar va kuyishda, yumshoq shankr va sifilis
— Laym kasalligi ( borrelioz), qorin tifi va salmonellozda
—immunitet pasaygandagi infeksion kasalliklarda
Qo’llash usuli va dozalari?
— Vena ichiga va mushak ichiga buyuriladi.
— Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda 1 — 2 g dan sutkada bir marta yoki 0.5 — 1 g dan xar 12 soatda , sutkalik doza 4 gramdan oshmaslik kerak .
— Yangi tugilgan ( 2 xaftalikkacha) chaqaloqlar uchun sutkada 20 — 50 mg/kg.
Nojo’ya tasiri?
— Allergik reaksiyalar ( isitma, eozinofiliya, teri toshmasi, eshakyemi, teri qichishishi, eritema, shishlar, anafilaktik shok, zardob kasalligi, etni uvishishi).
— Nerv tizimi tomonidan : Bosh ogrigi, bosh aylanishi
— Siydik jinsiy azolar tomonidan: (oliguriya, buyraklar faoliyati buzilishi)
— Ovqat hazm qilish sistemasi tomonidan: ( Ko’ngil aynish , qusish, ta’mni buzilishi, meteorizm, stomatit, glosssit,diareya, qabziyat, enterokolit)
Qo’llashga qarshi ko’rsatma?
— preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda
— Buyrak va jigar yetishmovchiligida
Eslatma: Xomiladorlarga ushbu preparatni berishda ehtiyotkorlik talab qiladi.