Novo passit foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Novo passit foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


Tarkibi ?


1 ta tabletka o’zida quyidagilarni saqlaydi


Faol modda


— Valerianka o’simligi ildizi , dengiz o’tlari, do’lana bargi va gulidan olingan moddalar — 157,5 mg .

— Gvayfenezin — 200 mg.


Yordamchi moddalar


— Magniy stearat, glitserol, laktoza monogidrati


Ta’sir qilishiga ko’ra ?


Sedativ vosita. (Tinchlantiruvchi).


Qo’llanilishi?


— Nevrasteniya da

— Nevrozda

— Qo’rquvda

— Xayajonda, xavotirda, iztirobda

— Doimiy bo’lgan psixik buzilishlarda

— Bosh og’rig’ida

— Uyqusizlikda (yengil formasida).

— Me’da ichak yo’llarining qitiqlanish , qo’zg’alish sindromida

— Migrenda ( bosh og’rig’i) da.

— Atopik va seboreyniy dermatitda, eshakyemi va qichima kabi teri kasalliklarida.

— Hayotda bo’ladigan har qanday muammolar orqasidan orttirilgan psixologik nagruzkalarda qabul qilinadi.


Qabul qilish usuli va dozasi?


Ichga qabul qilinadi. Kattalarga va 12 yoshdan katta bo’lgan bolalar qabul qilishi mumkin.

1 ta tabletkadan sutkasiga 3 mahal qabul qilinadi. Ovqatlanish vaqtida preparat qabul qilinadi. Qabul qilish orasidagi vaqt 4 — 6 soat.


?Nojo’ya ta’siri


— Ko’ngil aynish, qayd qilish, diareya, qabziyat, zarda bo’lish

— Bosh aylanishi, diqqatni pasayishi

— Mushaklar tonusi susayishi


?Qo’llashga qarshi ko’rsatma:


— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.

— miasteniyada ( mushaklar kuchini yo’qotishi va surunkali charchoq , xolsizlik xolatida) qabul qilib bo’lmaydi.

— 12 yoshdan kichik bolalarga


Preparatni homiladorlikda va emizish davrida qabul qilish mumkin