Bolalarga ich yumshatuvchi(surgi dori) sifatida beriladigan Dyufalak(laktuloza)ni qanday dozalarda qo‘llash kerak?
💠3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — boshlang‘ich doza 5 ml, qo‘llovchi doza 5 ml
💠3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda — boshlang‘ich doza 5-10 ml, qo‘llovchi doza 5-10 ml
💠7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — boshlang‘ich doza 15 ml, qo‘llovchi doza 10 ml
💠14 yoshdan katta bolalarga- boshlang‘ich doza 15-45 ml, qo‘llovchi doza 10-25 ml
❗️Preparat kuniga bir marta, ertalab ovqat mahalida qabul qilinadi!
2 kundan keyin ya’ni laktulozani klinik effekti yuzaga chiqqandan keyin dozani kamaytirish mumkin!
Ichak disbakteriozini davolash uchun quyida dozalarda qabul qilinadi:
💠1 yoshgacha bolalarga- 1,5-3 ml
💠1 yoshdan 3 yoshgacha — 3 ml
💠4 yoshdan 5 yoshgacha — 5 ml
💠7 yoshdan katta bolalarga — 10 ml
🛑Eslatma! Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi! Preparat dozasini Vrach Pediatr bolaning holatiga qarab individual ravishda belgilaydi!
© Doctor Muxtorov