Validol
📜Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: izovalerian kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi (validol) 100 mg;
Yordamchi moddalar: jelatin, glitserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat Ye-218, propilparagidroksibenzoat Ye-216.
📝 Preparatning savdo nomi:
Validol
🧬 Farmakalogik guruhi:
boshqa uxlatuvchi va sedativ vositalar.
💊 Dori shakli:
kapsulalar 100 mg.
🧪 Ta’rifi: sharsimon shaklli, och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish yoki sarg‘ish-yashil rangli, mentol hidli moysimon suyuqlik.
👉Qoʻllanilishi:
Nevrasteniya va funktsional kardialgiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Ushbu ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish faqat uzoq vaqt qo‘llashdagi tajribaga asoslangan.