POLIJINAKS qin kapsulasi

Polijinaks qin kapsulasi


#Полижинакс қин капсуласи


?Dori shakli : Qin kapsulalari


?Tarkibi ?


— Neomitsin sulfat


— Polimiksin B sulfat


— Nistatin


?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?


Ginekologik kasalliklarda davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi dori vositasi. Antibakterial vosita. Zamburug’ga ham qarshi ta’sirga ega.


?QO’LLANILISHI ?


— Qindagi bakterial va zamburug’li infeksiyalarga qarshi samarali ta’siri bor


— Bakteriyalarga qarshi antibakterial va antiseptik ta’sirga ega.


— Kandida tarkibidagi zamburug’larga qarshi , zamburug’li infeksiyaga qarshi vosita sifatida


— Qin shilliq qavatining trofik harakatini tiklanishini yaxshilaydi.


— Vaginitda , ya’ni qin shilliq qavatining yallig’lanishida


— Vulvovaginitda va servikovaginitda qo’llaniladi.


— Jinsiy a’zolar soxasidagi jarrohlik aralashuvlari natijasida infeksiya asoratlarini oldini olish maqsadida profilaktika uchun


— Bachadon bo’yni opertiv holatlaridan oldingi va keyingi holatda


— Bachadon ichi tashxis muolajalari oldidan


— Tug’ishdan oldin qo»llash mumkin.


?QO’LLASH USULI ?


Qinga qo’llash uchun ishlatiladi. 1 kapsula orqaga yotgan holda qinga chuqur qilib, kechasi uyqudan oldin qo’yiladi. Davolash kursi — 12 kun. Oldini olish ( profilaktika ) kursi — 6 kun.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Allergik reaksiyalar


— Qichishish , achishish


— Qindagi bezovtalik


— Allergik kontakt ekzema


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda


— Xomiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?


?Preparatdan faqat ayollar foydalana oladilar.


?Xayz ko’rish vaqtida davolash kursini to’xtatmaslik kerak.


?Qo’llash — retsept bilan


?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya


@Farmakologiya_TTA


,,ТАБЛЕТКА» kanali