PANTOKALSIN tabletkasi
Pantokalsin tabletka
?Dori shakli : tabletka
?Ta’sir qilishiga ko’ra : ?
nootrop vosita
?Tarkibi: ?
⭐Faol modda: Kalsiy gopantenat ( pantogam ) — 250 mg
⭐Yordamchi modda : Talk, magniy gidroksikarbonat, kalsiy stearat, metilsellyuloza.
?Qo’llanilishi:
—Bosh miya faoliyatining buzilishida.
— Bolalar serebral falajining turli shakllarida
— Axloqiy buzilishlar bilan kechuvchi aqliy qoloqliklarda.
— Bolalarda umumiy ruhiy rivojlanishning kechikishi, o’qish , yozish, xisoblash kabi ko’nikmalarni shakllanishida.
— Nutq va harakat faoliyatlarining buzilishlarida.
— Nevrozsimon xolatlarda, duduqlanishda.
— Neyroinfeksiyalarda
— Bosh miya travmalarida
— Shizofreniyada ( ruhiy kasalliklarda) .
— Epilepsiyada ( sudorgi, tutqanoqda).
— Parkinson kasalligida
— Psixoemotsional buzilishlarda, diqqat va esda saqlash qobiliyatini tiklash uchun.
— Asabbuzarlik oqibatida kelib chiqqan siydik ayiruv sistemasi kasalliklarida ( masalan , tunda beixtiyor to’shakda siyib qo’yish) da.
— Bolalarda psixik kasalliklarda, miya paralich kasalliklarida.
— Bolalarda diqqatni pasayish kabi xolatlarda.
— Bolalarda nevroz kabi xolatlarda.
— Pollakiuriyada
?Qo’llash usuli va dozasi
Ichga qabul qilinadi (tabletka).Ovqatdan so’ng
15 — 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Kattalar uchun sutkasiga 1— 4 tabletkagacha.
Bolalar uchun sutkasiga 1ta tabletkadan 2 mahal qabul qilinadi.
?Nojo’ya ta’siri
— Allergik reaksiya ( rinit , konyuktivit, teri toshmalari).
— Bosh og’rigi, bosh aylanishi, boshda shovqin bo’lishi. ( kam xollarda).
— Uyqu buzilishi, uyquchanlik
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda.
— O’tkir buyrak kasalliklarida.
— Xomiladorlik paytida.
— 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llab bo’lmaydi.
——- ——— ——— ———
?PANTOKALSIN ANALOGLARI ?
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — chet davlat
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali