Bolalarni chivindan qanday himoya qilish kerak?

Chivin chaqishi bola uchun katta noxushlik boʼlishi mumkin. Bu nafaqat chivin chaqqan joyni qashlashi bilan bogʼliq, balki chivin orqali turli kasalliklar yuqishi ham mumkin (ayniqsa tropik mamlakatlarda). Bolani chivindan himoya qilishni juda koʼp usullari mavjud boʼlib, bularning hammasi bolani himoya qilishda samarali boʼlishi mumkin.


Repellent (chivindan himoyalovchi vosita) surting .

Аgar bolani yoshi 2 oylikdan 3 yoshgacha boʼlsa dietiltoluamidli (DETА)repellent tanlang. Repellent bolani yuziga va kaftiga tegib ketmasligi uchun extiyot boʼling. Repellentning kremli turi bolaga surtishga qulay boʼladi. Repellentni juda qalin surtmang. Repellentni tananing faqat ochiq turadigan qichmiga surting. Tun tugagach repellentni iliq suvda sovunlab yuvib tashlang. Bolalar uchun ishlatiladigan repellent tarkibida dietiltoluamid 30% dan koʼp boʼlmasligi kerak.

Repellentni 2 oylikdan kichik bolalarga ishlatmang, ochiq yaraga surtmang.

Bolalarda chivindan saqlash uchun limonli evkalipt yogʼi ishlatmang.

Bolani kiyintiring.

Yozda bolaga yorqin rangli, yengil, tanani koʼp qismini yopadigan kiyim kiygazing. Yengi uzun futbolka, uzun ishtoncha eng yaxshi tanlov boʼladi. Shuningdek oyogʼiga paypoq va yengil bosh kiyim kiydirishni unutmang. Kiymlan paxta matodan boʼlishi maqsadga muvofiq.

Chivindan toʼsuvchi toʼrdan foydalaning.

Siz yashab turgan xonadon atrofida chivin koʼp boʼlsa derazaga yoki bola yotadigan krovatga chivindan toʼsuvchi toʼr tuting. Аgar quyosh botgandan soʼng tashqarida sayr qilmoqchi boʼlsangiz bola aravachasini toʼr bilan toʼsing. Chivindan toʼsuvchi toʼr tufayli bola chivindan himoyalanadi va erkin nafas oladi.

Bola kiyimiga qalampir yalpizli repellent seping.

Qalampir yalpizli repellent bola kiyimiga seping. Baʼzi davlatlardagi magazinlarda xatto bunday repellant bilan ishlov berilgan kiyimlar sotiladi. Qalampir yalpizli repellentni teriga sepmang.

Аgar yashash joyingizda chivin koʼp boʼlsa bolani kechqurun va ertalab vaqtli koʼchaga olib chiqmang. Chivinlar oʼzi har doim chaqishi mumkin aslida, lekin ular ertalab va kechqurun oʼta aktiv boʼladi.

Uyda chivindan himoyalanish.

Bolalar uchun oʼynash joyini xovlini quruq qismiga tashkilashtiring. Bolalar oʼyingoxi xovuz, ariq yoki oʼt koʼp oʼsadigan nam joylar yonida boʼlmasligi kerak. Bolalarni doimo soya boʼladigan pana joylarda oʼynatmang. Chunki bunday joylarda odatda chivinlar quyoshdan yashirinadi. Bolalar oʼyingoxi kunning maʼlum qismida quyooʼ tushib keyin soya boʼladigan quruq joyda boʼlishi kerak.

Oqmay turadigan suvlarni, xovuzlarni suvini kamida xar xaftada almashtiring. Chunki oqmay turadigan suvda chivinlar koʼpayadi.

Bolalar yotoqxonasida chivin kirishi mumkin boʼlgan hamma joyni berkiting. Masalan, derazaga chivinni toʼsuvchi toʼr qoplang.

xasta.uz/?p=2182