Xushbo‘y yalpiz – artritda foyda

Yalpiz dorivor o‘simliklar va ziravorlar sirasiga kiradi. Bahor fasli kelishi bilan inson organizmi ko‘klarga moyilligini ko‘proq his etadi. Yalpiz o‘zining shifobaxshligi va xushbo‘y hidi bilan ko‘katlardan ajralib turadi. Ishtahani ochuvchi taomlarga o‘zgacha xushta’m maza beruvchi xushbo‘y giyoh hisoblanadi. Uning bargi va novdasidan esa turli xil mevadan tayyorlangan sharbatlarga hid va ta’m berish maqsadida choylarga qo‘shiladi. Yalpiz moyidan limonad, likyor, konfet, qandolat, upa elik tayyorlashda keng foydalaniladi.




Tibbiyotda esa safro haydovchi, jigar va qand kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Me’da-ichak tizimini faolligini oshirish xususiyatiga ega. Uning tarkibida ko‘plab efir moylari bor. Yalpizdan choy va damlamalar tayyorlab, bemorlarni asablarini tinchlantirishda va uyquni me’yorida bo‘lishini taminlaydi.

Qadimda yalpiz umrni uzaytiruvchi dori sifatida qo‘llanilgan. Biroq, hozirda undan fitoterapiya, aromaterapiya va farmokologiyasida ham keng qo‘llaniladi. Nevralgiya, artrit, miozitda yalpizdan og‘riq qoldiruvchi hamda yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalanilib kelinmoqda.


Eslatma! Yalpizni me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bod kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.


Dilfuza Azimova


soglom.uz/tavsiya/xushboy-yalpiz-artritda-foyda/