Rayhon haqida

Rayhon so’zi ko’xna arab tilida uni “vujudi xushbo’y o’simlik” fors tilida esa “isfaran ” deb atalgan bo’lib, u “doimiy quvonch” manosini anglatgan. Abu Ali ibn Sino rayxon ustida to’xtalib: “uni yanchib yoki moyini olib, malxam qilib bavosilga surtilsa foyda qiladi”, deydi.

Rayhon haqida

Ibn Sino qora rayxondan foydali foydalanilsa, ya’ni surtmasi ko’zning lo’qqillashiga foyda qilishi, yurakni kuchli qilishi, suvi qon tuflashga foyda qilishi, sutni ko’paytirishi, ichni to’xtatishi, siydik ajralishini ko’paytirishi, urug’I qiynalib siyishda foyda qilishini ko’rsatib o’tgan. Oshrayxon shifobaxshlik bobida beqiyos xosiyatlarga ega. O’simlik kishi ishtaxasiga Baraka berib, ovqatni yaxshi xazm qiladi, a’zolarga singdirishda yordam beradi. Rayhon tarkibidagi efir moylari surunkali meda katarida yallig’lanishini oldini oladi. Shu bilan birga rayhon siydik yo’li kasalliklarini davolash uchun tavsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari rayxon yo’talga, qizamiq asorati bo’lganlarga yengillik beradi. Bolgar xalq meditsinasida rayxon asosida tayyorlangan qaynoq damlama bilan buyrak, qovuq, siydik yo’llari shamollashida, tumov , angina, bezgak xurujidan forug’ etuvchi va davolovchi omil sifatida foydalaniladi.

Rayhon, sirka va ozroq miqdordagi tuz aralashmasining qaynatmasi tish og’rig’ini qoldiradi. Rayhon barglarining sharbati quloq yiringlashida foyda beradi. Bolgar meditsinasida davolash amali quydagicha: 2 choy qoshiq maydalangan rayhon bir yoki ikki stakan qaynoq suvga damlanadi. Bu bemor uchun kunlik norma hisoblanadi. Uni gush, eczema va yaralarni tuzatishda tavsiya etiladi.

O’zbek oshxonasida rayhon oshko’k va ziravor sifatida ham qadrlanadi. Jumladan, rayhon bilan go’shtli, yog’li masalliqlarga ta’m berishda, sabzavot va rezavorlarni konservalashda foydalaniladi. Rayxonning yana bir ajoyib xususiyatlaridan biri meva qoqilarini zararli xashorotlar ta’siridan asrashi hisoblanadi.

Rayhon barglarini quritib qishga asrash uchun o’simlik ayni gurkirab, gullash oldida ustki barglari chilpib olinadida, savatchaga taxlanadi, so’ngra uni pana, ammo havo yetarli bo’lgan joylarda quritiladi.

shifo.uz/article/rayhon-haqida