Kundalik tashvishlarga o’ralashib, odamlar soch nima uchun kerakligi haqida kamdan-kam o’ylashadi. Axir, ular bizga faqatgina go’zallik uchun berilmagan! Sochlar odam uchun muhim bo’lgan bir qancha vazifalarni bajaradi:
Birinchidan, sochlar – bu kosmik quvvatni oluvchi o’ziga xos “antennalar” dir.
Ikkinchidan, sochlar akkumulyator vazifasini bajaradi. Ular quvvat va odamning shaxsiy kuchini to’playdi. Sochi uzun odamlarda ichki xissiyot yaxshi faoliyat ko’rsatadi. Sochi uzun ayollar homiladorlikni xech qanday toksikozsiz o’tkaza olishadi.
Uchinchidan, sochlar xotirani mustahkamlaydi. Shuning uchun og’ir tashvishlarni boshdan kechirgan odamlarga soch kestirish tavsiya qilinadi. Xuddi shu sabab bilan yosh bolalarning sochlarini aslo kestirmaslik kerak. Bolalardagi aqliy faoliyatning ko’pgina qismi sochlarga bog’liq. Nima uchun qizlar o’g’il bolalarga nisbatan tezroq rivojlanishadi? Sababi ularning sochlarini kesishmaydi. Aniqlanishicha sochi kesilmagan bolalar tezroq rivojlanishar ekan.