Siz bilgan va bilmagan uyqu qoidalari

Biz “Osuda uyqu uchun 4 qadam” nomli maqolamizda tunda miriqib uxlash uchun foydali 4 uyqu qoidalari haqida yozgan edik. Bugun esa ushbu masalaga yanada to’liqroq qaytmoqchimiz.


Kunduzi qisqa muddat uxlab olish tetiklanib olish va boshdagi “kompyuterni” qayta yuklashning eng yaxshi usulidir. Biroq “qisqa” deyilgan bu vaqt o’zi qancha bo’lmog’i lozim?




10-20 daqiqa


Tetik va bardam bo’lishning klassik usuli. Bu vaqt davomida chuqur uyquga ketmaysiz, shunday ekan uyg’onish ham qiyin kechmaydi.


30 daqiqa


Bu juda yomon tanlov! 30 daqiqalik uyqudan so’ng o’zingizni horg’in va layoqatsiz sezishingiz mumkin.


60 daqiqa


1 soatlik uyqu miyani charchoqlardan holi qilib barcha yangi ma’lumotlar va bilimlarni “omborga” joylashga yordam beradi. Agar tuni bilan imtihonga tayyorlangan bo’lsangiz, sinovlar oldidan 1 soat mizg’ib olishni tavsiya etamiz.


90 daqiqa


Kunduzgi uyquning to’liq davri – siz sekin va tezkor uyqu fazasini bosib o’tishga ulgurasiz. Uyg’ongach sezilarli darajada tetiklashasiz, miya faoliyati bir qancha yaxshilanadi, tiniq va tez firklaysiz.


Yana boshqa uyqu qoidalari



Tunda monitor qarshisida bir soat o’tirish uyqu vaqtida organizm ishlab chiqaradigan melatonin garmonlarining miqdorini 22 foizga qisqartiradi. Miya monitordan taralayotgan yorug’lik nurlarini kunduzgi yorug’lik singari qabul qiladi va garmonlar qayta ishlanishini sustlashtiradi. Shunday ekan uxlashdan oldin smartfoningizda hatto sevimli www.uzbekmuzey.uz portali yangiliklarini o’qishni ham tavsiya etmaymiz. Uxlashdan kamida 1 soat oldin har qanday ekrandan o’zingizni tiying. Buning o’rniga qiziqarli kitob o’qish maqsadga muvofiq.

Ota-onalar uchun ko’rsatma!


9-11 soatlik uyqu 6-12 yoshli bolaning darslarni yaxshi o’zlashtirishi va sog’lom ulg’ayishi uchun kundalik zaruriy norma xisoblanadi. 14-17 yoshli farzandlaringizga kunlik 8-10 soat uyqu yetarli. Katta yoshdagilarga esa kunlik norma 7-9 soatni tashkil etadi. Aslo bundan kam emas! “Insonga kuniga 4 soat uyqu ham yetarli, yetishmayotgan qismini dam olish kunlari to’ldirib olsa ham bo’ladi” qabilidagi fikrlar hammasi bekor.


18+


daraja harorat yotoqxona uchun ideal harorat xisoblanadi. Bundan ortig’i ortiqcha. Inson uyquga ketgach 4 soat ichida tana harorati eng past darajaga tushadi va bu holat miriqib uxlab, yaxshi orom olish imkonini beradi. Agar xona harorati issiq bo’ladigan bo’lsa bunday oromdan bebahra qolishingiz aniq.