Аgar ipak kiyim rangini yo’qotgan bo’lsa, 2 osh qoshiq sirka solingan 10 litr suvga 5 daqiqaga botirib qo’ying. So’ng olib, suvi oqib bo’lganidan keyin quruq, toza choyshabga o’rab qo’ying. Ipak matoni siqmaslik kerakligini unutmang.
Ipak kiyimlarni sovunli aralashmaga ivitish kerak. Аgar libos o’ta ifloslangan bo’lsa, 10 litr suvga 10 ml. miqdorda ichimlik sodasi yoki novshadil spirti qo’shing.
Ipakdan tikilgan libos yumshoq bo’lishi uchun loviya, dukkaklilar yoki bug’doy qaynatmasi bilan chayish darkor.
Tabiiy mo’ynani xech qachon cho’tka bilan tozalash, tarash mumkin emas. Teng miqdordagi sirka, spirt va suv aralashmasini ifloslangan joyga surtib, tezda toza mato bilan artish kerak.
Mo’ynaga jilo berish uchun uni bug’doy yormasi (mannaya krupa) yoki kartoshka kraxmali bilan ishqalab, so’ng yaxshilab qoqib tashlash kerak.
Yod dog’ini ketkazish uchun kiyimni avval namlab, keyin ustidan kraxmal sepib qo’yish kerak. Dog’ darrov ketmasa, muolajani bir necha marta takrorlash mumkin.
Yangi jinsini yumshatish uchun suvga yarim stakan tuz qo’shib ivitib qo’yish kerak.
Shimlarning yuvganda rangi uchmasligi uchun ularni kir yuvish mashinasiga solmaslik kerak. Ularni iliq suvda, qo’lda yuvish, va chayganda qattiq siqmaslik lozim.