Faol nuroniylarni rag‘batlantirish va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga jalb etish





Mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli 3 nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi.




Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:


xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;
piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;
keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.

Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag‘batlantirib boriladi.


Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.