Voyaga etmagan ota-ona o‘z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega.
O‘zaro nikohda bo‘lmagan voyaga etmagan ota-onadan farzand tug‘ilsa hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilansa, ular 16 yoshga to‘lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar.
Voyaga etmagan ota-ona o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda e’tirof etish yoki bunga e’tiroz bildirish huquqiga egadir.
Ota-ona voyaga etmagan bo‘lsa, ular16 yoshga etgunlariga qadar, farzandlarini birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin.
Bolaning vasiysi bilan voyaga etmagan ota-ona o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.