Voyaga yetmagan ota-ona o‘z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega.
O‘zaro nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug‘ilganda hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilanganda 16 yoshga to‘lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar.
Voyaga yetmagan ota-ona 16 yoshga etgunga qadar, bolani voyaga yetmagan ota-ona bilan birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin.
Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Voyaga yetmagan ota-ona o‘z otaligi va onaligini umumiy asoslarda e’tirof etish yoki bunga e’tiroz bildirish huquqiga egadir.