Chiqindini olib ketish davriyligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
To‘planish me’yori kamida 5 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
Qattiq maishiy chiqindining to‘planish me’yori ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylar bo‘yicha – uyning obodlik darajasiga qarab bir kecha-kunduzda bir kishi hisobiga belgilanadi.
Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi
chiqindi to‘plash shoxobchasidan – 1 kunda bir marta;
yakka tartibdagi turar joydan “signal” usulida – 3 kunda bir martani tashkil qiladi.
Sanitar tozalash markazlari xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot chiqindini olib ketish jadvaliga rioya qilishi yuzasidan monitoring (chiqindi tashish mashinasi harakatini onlayn kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda) yuritadi va hisobini olib boradi.
Chiqindini to‘plash va olib ketish xizmati ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilganda dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomani iste’molchi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakili, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki shirkati vakili imzolaydi.
Dalolatnoma chiqindi to‘plash va olib ketish xizmati uchun to‘langan haqni qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi.