Ichimlik suviga oid masalalar




Iste’molchilarga suv berish va ulardan oqova suvlarni qabul qilish faqat suv quvuri-kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.





Shartnomada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar
shartnoma predmeti;
ichimlik suvni olish tartibi, shu jumladan o‘t o‘chirish va oqova suvlarni chiqarish holatlarida;
ichimlik suv sifatiga talablar;
iste’molchi ichimlik suv bilan ta’minlanmagan yoki to‘liq ta’minlanmagan holatlarda qayta hisob-kitob qilish;
ichimlik suv ta’minotini va oqova suvlarni chiqarishni to‘xtatish yoki cheklash shartlari;
olingan ichimlik suv va chiqarilgan oqova suvlar hisobi;
to‘lov tartibi, muddatlari, tariflari va shartlari;
tomonlarning suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha javobgarlik chegaralari;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
qarzdorlik kelib chiqqanda I guruh iste’molchiga tegishli bo‘lgan turar joyda propiska qilingan voyaga etgan jismoniy shaxslarning suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha solidar javobgarligi;
tomonlardan birining arizasiga ko‘ra kelishuvga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar;
shartnomani bekor qilish tartibi.




Ko‘p kvartirali turar joylarning yuqori qavatlariga suv chiqmagan taqdirda, bu xonadon egalarining suv sarfi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan ko‘chadagi suv manbalaridan suv olish normalari bo‘yicha, shirkatlar, suv ta’minoti tashkiloti vakillari ishtirokida suv bo‘lmagan kunlar uchun tuzilgan dalolatnoma asosida hisoblanadi.





Fuqarolar tomonidan suv ta’minoti uchun hisoblagich o‘rnatish:
suv ta’minoti uchun hisoblagich o‘rnatish fuqarolarning shaxsiy mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi;
hisoblagich qo‘yish uchun fuqarolar suv ta’minoti idorasiga murojaat qilishi zarur. Fuqarolar tomonidan to‘lov to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, hisoblagich 30 kalendarь kun mobaynida o‘rnatilishi lozim;
kam ta’minlangan oilalarni hisoblagich bilan ta’minlash suv ta’minoti idorasi mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi;
ushbu mablag‘ keyinchalik fuqaro tomonidan 12 oy muddatda to‘lanadi.




Hisoblagich bilan ta’minlanmagan iste’molchi (fuqarolar) tomonidan sarflangan suv miqdori hokimliklar tomonidan tasdiqlangan amaldagi suv iste’moli normalariga muvofiq hisoblanadi.





Hisoblagichlar bo‘lmagan va fuqarolar propiskadan o‘tkazilmagan xonadonlar uchun ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar
bir va ikki xonali uylarda – 1 kishi hisobidan;
uch xonali uylarda – 2 kishi hisobidan;
to‘rt xonali uylarda – 3 kishi hisobidan;
besh xonali uylarda – 4 kishi hisobidan amalga oshiriladi.




Sovuq suv va kanalizatsiya xizmati bo‘yicha tariflar bilan havolada tanishing.



Tariflar kalkulyatori bilan havolada tanishing.