Avtomototransport vositalarini boshqarish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.
Taqdim etiladigan hujjatlar
ishonchnoma beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar);
transport vositasini qayd etish guvohnomasi (tex.pasport);
agar ishonchnoma tasarruf etish huquqi bilan berilganda umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi (nikoh guvohnomasi);
mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa garovga oluvchining roziligi;
agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) ishonchnoma bersa vasiylik va homiylik organining roziligi;
agar avtotransport vositasi egasiga meros guvohnomasiga asosan tegishli bo‘lsa, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi;
agar ishonchnoma yaqin qarindoshlarga berilsa, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat;
agar mulk merosga asosan tegishli bo‘lsa, meros guvohnomasining nusxasi. Batafsil.
Ko‘rsatiladigan xizmat uchun yig‘im undiriladi. Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin.
Transport vositasini yaqin qarindoshlar (er (xotin), ota-ona, bolalar, aka-ukalar va opa-singillar) o‘rtasida majburiy tartibda notarial ishonchnomalarni rasmiylashtirmasdan boshqarishiga ruxsat berildi.
Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Qarindoshlik darajasi transport vositasi egasining talabiga binoan ko‘rsatilishi mumkin.
Qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov
Loyiha uchun to‘lov (BHMning 10%)
Tushuntirish uchun haq miqdori (BHMning 5%)
Taqiqni tekshirish uchun (xar bir mulkdan BHMni 15%)
Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Elektron notarius portalidan foydalaning.
Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.