Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish





Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi er va suv ob’ektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan.





Quyidagilar hayvonot dunyosi ob’ektlari hisoblanadi:
kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar (hayvonlar) — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari;
yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari;
yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari;
yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (hayvonlarning yashash jarayonida hosil bo‘ladigan — zaharlar, asal, sut, mo‘miyo, uvildiriq, safro va boshqalar).




Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi.




Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lov hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarni yovvoyi hayvonlarni va ularning yashash joyini muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, biotexnika tadbirlarini o‘tkazishdan ozod etmaydi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosidan foydalanish ularning rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.


Yovvoyi hayvon turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma tartibi bilan havolada tanishing.