Vorislik – shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo‘lgan mol-mulkning, shuningdek meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ba’zi huquq va majburiyatlarning merosxo‘rlarga o‘tishidir.
Vorislik asoslari:
vasiyat bo‘yicha vorislik;
qonun bo‘yicha vorislik.
Meros qoldiruvchining o‘lgan kuni u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran 6 oy o‘tganidan keyin beriladi.
Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
Notariusga taqdim etiladigan hujjatlar bilan havolada tanishing.
Hujjatlarni onlayn yuborish va notarius qabuliga yozilish uchun havolaga o‘ting.
Eslatma: agar chet elda yashab turgan fuqaro merosni qabul qilish uchun shaxsan o‘zi kela olmasa, ishonchnoma rasmiylashtirish orqali o‘z huquq va majburiyatlarini ishonchli vakilga o‘tkazishi mumkin.